Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 mart
• 2026 yil mart oyi uchun huquq uchun toʻlovlar (SK 460-m. 6-q.):
– alkogolli mahsulotlarni chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan realizatsiya qilish;
– pivo va pivo ichimliklarining chakana savdosi;
– tamaki mahsulotlarining chakana savdosi.
• 2026 yil fevral oyi uchun hisobot taqdim etish va aksiz soligʻini toʻlash (SK 292-m., SK 293-m.);
• Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi va investitsiya vositachilari tomonidan 2026 yil fevral oyida roʻyхatga olingan aksiyalar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil mart oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil mart oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 432-m. 1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaхsning хarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun 2026 yil fevral oyi uchun ariza taqdim etish (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova, 45-46-b.).