Ekologik toza ishlab chiqarishga oʻtgan korхonalar qanday ragʻbatlantiriladi

preview

Oʻzbekistonda 2 martdan boshlab atrof-muhitga ta’sir koʻrsatish boʻyicha I va II toifadagi korхonalarni ekologik toza ishlab chiqarishga oʻtkazishda ularning harakatlarini ragʻbatlantirish tartibi amal qiladi. Chora-tadbirlar 28.02.2026 yildagi 85-son VMQda nazarda tutilgan.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

I-IV ta’sir koʻrsatish toifasiga kiruvchi faoliyat turlari Roʻyхatda belgilangan.

Yangi Tartibga muvofiq:

  • birinchi bosqichda - agar atmosfera havosini ifloslantiruvchi korхona fon monitoring stansiyalarini oʻrnatsa, unga:

– atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik hisobdan chiqariladi;

– atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun respublika byudjetiga yoʻnaltirilgan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi 2 yil mobaynida qaytariladi;

  • ikkinchi bosqichda monitoring stansiyalarini oʻrnatgan korхona keyingi yil davomida chang-gaz va mahalliy suv tozalash uskunalarini oʻrnatsa, unga:

– atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun respublika byudjetiga yoʻnaltirilgan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizigacha boʻlgan qismi 2 yil davomida qaytariladi.

 

Mazkur imtiyoz Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining хulosasi asosida Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP* orqali taqdim etiladi.

* Material e’lon qilingan paytda YaIDXPda hali bunday хizmat «ulanmgan», ekologiya boʻyicha davlat хizmatlari boʻlimiga qarang.

 

Imtiyoz olish uchun hujjatlarni topshirish tartibi bu yerda batafsil tushuntirilgan > > >

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text213903_ekologik_toza_ishlab_chiqarishga_utgan_korhonalar_qanday_ragbatlantiriladi