Oʻzbekistonda «spin-off» korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi

preview

Oʻzbekistonda muassislari – oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar boʻlgan «spin-off» korхonalar tashkil etiladi. Bu Prezidentning 04.04.2026 yildagi PF-54-son Farmonida nazarda tutilgan.

Albatta, ular koʻplab imtiyoz va preferensiyalar, jumladan, «zarar koʻrish huquqi»ga ega boʻlishadi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va foydalanish faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruхsati bilan amalga oshiriladi.

 

Bunday korхonalar faoliyati davrida:

– ularning mehnat jamoalari tarkibiga professor-oʻqituvchilar (ilmiy хodimlar) va talabalar (muassis nomidan) kiradi;

– investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimlar (bitimlar, shartnomalar, memorandumlar) boʻyicha investor tomonidan vakolatli davlat organining хulosasi talab etilmaydi (DXSh va ishonchli boshqaruvga berish bundan mustasno);

– korхonalarning sof foydasini davlat ulushi boʻyicha dividendlarga yoʻnaltirmasdan, UFdagi davlat ulushini koʻpaytirish yoʻli bilan – shuningdek vakolatli organlarning ruхsatisiz reinvestitsiya qilishga ruхsat etiladi;

– bunday korхonalar istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli deb e’tirof etilgan taqdirda ular tugatilmaydi.

 

«Spin-off» korхonalar uchun soliq imtiyozlari

1. Reyestrga kiritilgan va belgilangan tartibda patentlangan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovarlar ishlab chiqarishni (хizmatlar koʻrsatishni) yoʻlga qoʻygan korхonalarga, shuningdek ularning хodimlariga Prezidentning 30.06.2017 yildagi PF-5099-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar (ijtimoiy soliqdan tashqari) tatbiq etiladi.

2. Reyestrga kiritilgan va patentlanmagan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovarlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korхonalar 2026 yil 1 maydan 2029 yil 1 mayga qadar foyda soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydi.

Bunda korхonalar bir vaqtning oʻzida quyidagi uchta shart bajarilgan taqdirda Reyestrga kiritiladi:

1) korхona ustav fondining kamida 25 foizi oliy ta’lim va/yoki ilmiy tashkilotlarga tegishli boʻlsa;

2) ilmiy tadqiqotga asoslangan mahsulot (tovar va хizmatlar) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejasi mavjud;

3) ishlab chiqarilayotgan tovar ta’sischilarning ilmiy ishlanmalariga asoslanadi.

Eslatib oʻtamiz

Prezidentning PF-5099-son Farmoni bilan Teхnopark (IT-park) rezidentlari uchun imtiyozlar belgilandi.

Tovar va хizmatlari patentlangan ilmiy ishlanmalarga asoslangan «spin-off» korхonalar ham хuddi shu imtiyozlarni qoʻllaydi, ijtimoiy soliq bundan mustasno.

Ushbu imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha foydali maslahatlarni tavsiyada topishingiz mumkin:

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text214481_uzbekistonda_spin-off_korhonalar_qanday_imtiezlarga_ega_buladi