Ijaraga beruvchi jismoniy shaxsga kommunal xarajatlar qanday qoplanadi

preview

«Jismoniy shaxs noturar joyni ishlab chiqarish korxonasiga ijaraga beradi. ETK bilan shartnoma jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan. Jismoniy shaxs elektr energiyasini qoplash uchun korxonaga qanday hujjatlar taqdim etadi (masalan, reaktiv energiya kompensatsiyasi dalolatnomasi, limitdan tashqari)? Ularda nimalar koʻrsatiladi – kvt/s, narxi, QQS? Jismoniy shaxsda qoplashning soliqqa tortilishi qanday boʻladi?».

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

Ekspertlarga oʻz savolingizni bering va «Javob beramiz!» xizmatining toʻliq javoblar bazasidan foydalaning – buning uchun Buxgalter Pro ga kirish huquqini rasmiylashtiring.

E’tibor bering

Materiallardan nusxa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

– Qonunchilikda ijaraga beruvchi yuridik shaxslar tomonidan kommunal xizmatlarni qoplash nazarda tutilgan, ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun bunday tartib nazarda tutilmagan. Kommunal xarajatlarni kommunal xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan shaxs toʻlaydi.

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar sotib oluvchilarga ushbu tovarlar (xizmatlar) uchun hisobvaraq-fakturalar taqdim etishi shart . Yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlmagan jismoniy shaxslar elektron hisobvaraq-faktura (EHF) taqdim etishi shart emas. Kommunal xizmatlardan foydalanish toʻgʻrisida – hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari va summalari batafsil koʻrsatilgan dalolatnoma tuzish tavsiya etiladi.

Jismoniy shaxsga kommunal xarajatlarning kompensatsiya qilinishi moddiy naf tarzidagi daromad deb e’tirof etiladi .

Moddiy nafdan JShDSni kim hisoblashi va byudjetga oʻtkazishi haqida bu yerda tushuntirilgan > > >.

Ijarachida foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini hisoblashda moddiy naf tarzidagi xarajatlarni chegirish mumkinmi, tavsiyada oʻqing > > >.

Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text214493_ijaraga_beruvchi_jismoniy_shahsga_kommunal_harajatlar_qanday_qoplanadi