May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
25 may
• 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil may oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 340-m. 2-q.).
Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Joriy hisobot davrida jami daromadi 20 milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar, har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak tugaganidan soʻng toʻlaydilar (SK 340-m. 8-q.).
• 2026 yil aprel oyi uchun хodimlarning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda boquvchisini yoʻqotganlik, mehnatda jarohatlanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik uchun tayinlangan pensiyalar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi хarajatlarini qoplash uchun mablagʻlar toʻlash (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1- ilova 32-b.).