May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
Turagentlikning daromadi vositachilik haqi hisoblanadi. Ammo butun tur summasi turagentlik orqali oʻtkaziladi va turoperatorning sotish aylanmasiga «qoʻyiladi». Agar turagentlikning komissiya mukofoti 1 mlrd soʻmga yetmagan boʻlsa, ushbu omilni hisobga olganda umumiy summaning 1 mlrd soʻmdan oshib ketishi QQS va foyda soligʻiga oʻtish uchun asos boʻladimi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik хizmatlari koʻrsatish boʻyicha boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik хizmatlari koʻrsatilganda, QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtish maqsadida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanmadan (bitim summasidan) kelib chiqqan holda aniqlanadi
.
Shu sababli, agar turagentlikning vositachilik haqi summasidan shakllanadigan jami daromadi 1 mlrd soʻmga yetmasa-da, biroq u 1 mlrd soʻmdan ortiq summaga turlar va boshqa turistik mahsulotlarni sotgan boʻlsa, turagentlik realizatsiya qilish aylanmasi ushbu chegaraviy qiymatdan oshgan kundan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Amaliyotdan: aylanmadan soliq toʻlaydigan turagentliklar bu summaga juda tez erishadi va QQS hamda foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Bunday faoliyatni buхgalteriya hisobi va soliqqa tortishning nozik jihatlarini tavsiyalarda batafsil koʻrib chiqamiz:
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()