Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Yakka tartibdagi tadbirkorni tugatishimiz kerak. Bizni doimiy ravishda bir idoradan boshqasiga yoʻnaltirishadi: avval «Yagona darcha»ga, keyin soliq idorasiga. Oxirgi marta soliq idorasida bizga tugatish hisobotini topshirish kerakligini aytishdi, biroq uni qayerga va qanday topshirish kerakligini tushuntirishmadi...
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi:
Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilmoqdamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– Yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs hisoblanmaydi. Shu munosabat bilan YaTTga nisbatan tugatish emas, balki faoliyatini toʻxtatish (davlat roʻyxatidan oʻtkazishni tugatish) tartibi qoʻllaniladi. Bunda u QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlishining farqi yoʻq.
Oraliq va tugatish balansini yuridik shaxslar taqdim etadilar (buxgalteriya hisobi sub’yektlari
).
YaTT moliyaviy hisobotlarni, shu jumladan tugatish hisobotlarini taqdim etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni tugatish tartibi Tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 va 3-boblarida belgilangan
.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()