15 iyul

preview

 

• 2026 yil iyun oyi uchun ShJBPHga reyestrlarni taqdim etish va badallarni toʻlash (20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son Nizom 6-b., 20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son Nizom 9-b.);

 

• 2025 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 20 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilarning kutilayotgan foydasidan kelib chiqib, 2026 yilning III choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etish (SK 340-m. 11-q.);

 

• 2026 yil iyun oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotlarini taqdim etish hamda toʻlash. JShDS soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.).

Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmasdan toʻlanadi (SK 407-m. 4-5-q.);

 

• soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va toʻlash (SK 470-m. 3-5-q.);

 

• soliq agentlari tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarning daromadlari boʻyicha BHMning 12 000 baravarigacha boʻlgan miqdorda hisobot taqdim etish va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash (SK 470-m. 3-5-q.);

 

• Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil iyun oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatish (23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-son ilova. Nizomning 38-1 b., SK 470-m. 3-q.).

QQS toʻlovchilar uchun 2026 yil iyun oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2026 yil 20 iyul (23.11.2019 y. 943-son VMQga 1-ilova 38-1-b., SK 273-m. 1-q.).

 

E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text215949_15_iyul3