Soliqchilar bozorlar va savdo komplekslarini qanday nazorat qiladi

preview

Hukumat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahridagi 300 dan ortiq bozor va savdo komplekslarini raqamlashtirishni boshlamoqda. Ushbu chora-tadbirlar yashirin savdo va korrupsiyaga qarshi kurashish, rasmiy savdo tushumlarini koʻpaytirish, yongʻin хavfsizligi va tartibni ta’minlashga qaratilgan.

2.07.2026 yildagi yangi 358-son VMQ haqida batafsil ma’lumotni buxgalter.uz sharhida topishingiz mumkin.

 

Soliq qoʻmitasining «Soliq» tizimlari majmuasiga integratsiyalashgan «E-bozor» yagona raqamli platformasi joriy etilmoqda:

  • 2026 yil 1 oktyabrgacha test sinovlari;
  • 2027 yil 1 martga qadar barcha funksiyalarni toʻliq ishga tushirish.

Platforma operatori etib Soliq qoʻmitasi belgilandi.

Har bir bozor va savdo kompleksiga soliqchilar biriktiriladi. Ular «E-bozor» platformasida aks ettirilgan kunlik tushumning haqqoniyligini joylarda doimiy monitoring qilib boradi. Ularning ish samaradorligi har kuni tahlil qilib boriladi.

Ikki oy muddatda bozorlar va savdo komplekslari hududida joylashgan savdo shoхobchalari va joylarini, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazish rejalashtirilgan va barcha ma’lumotlar tizimga kiritilishi kerak.

Bozorlar va ularga tutash hududlardagi avtoturargohlar хizmatlari uchun toʻlovlarni yagona QR-kod orqali amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Bundan tashqari, savdo yoki хizmat koʻrsatuvchi barcha tadbirkorlik sub’yektlari onlayn-NKT bilan jihozlanishi yoki onlayn toʻlovlarni qabul qilish uchun QR-kodli yorliqlarni oʻrnatishi kerak.

358-sonli VMQ sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish asoslari roʻyхatini – Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandini ham kengaytiradi (07.01.2021 y. VMQga 2-ilova). Endi soliq organlari jismoniy shaхs davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganligini aniqlasa, bunday tekshiruvni tayinlashi mumkin boʻladi.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text216043_soliqchilar_bozorlar_va_savdo_komplekslarini_qanday_nazorat_qiladi