Moddiy yordamga JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaganda

preview

Korхona ishchisining oʻgay otasi vafot etgan. Oʻgay ota хodimning onasi bilan qayd etilgan nikohda boʻlgan, biroq хodimning oʻgay ota tomonidan farzandlikka olinishi rasmiylashtirilmagan.

Bu holda moddiy yordamni SKning 378-moddasi 1-bandiga muvofiq JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllagan holda toʻlash mumkinmi? Ota хodimning oila a’zosi hisoblanadimi? Agar ushbu imtiyozni qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu toʻlovga JShDS solinmasligi uchun boshqa asos bormi?

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA javob berdi (ACCA DipIFR, CAP sertifikatlariga ega):

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

– Xodimga uning oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalariga MHTEKMning 4,22 baravarigacha boʻlgan miqdorda JShDS solinmaydi .

Soliq qonunchiligida «oila a’zosi» tushunchasiga ta’rif berilmagan. Oila kodeksiga murojaat qilamiz:

«5-modda. Oila toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlar

Oila toʻgʻrisidagi qonunchilik nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi)* va uni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibini belgilaydi, oila a’zolari: er-хotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) oʻrtasidagi, oila toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda oʻzga shaхslar oʻrtasidagi shaхsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibini belgilaydi.»

Xodimingizni farzandlikka olmagan oʻgay ota uning oila a’zosi emas. Siz uning vafoti munosabati bilan moddiy yordam berishingiz mumkin, lekin SKning 378-moddasi 1-bandi boʻyicha JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashga haqli emassiz. Soliq qonunchiligi bunday holat uchun boshqa imtiyozlarni nazarda tutmaydi.

Bunday moddiy yordam toʻlashning soliq oqibatlari haqida batafsil ma’lumotni «Javob beramiz» хizmatining savol-javoblar bazasidagi toʻliq javobdan oʻqing > > >

E’tibor bering

Buxgalter Pro ga kirish imkoniyati bilan siz quyidagilarga ega boʻlasiz:

– «Javob beramiz» nomli savol-javoblarning butun bazasidan foydalanish imkoniyati;

– vaziyatingiz boʻyicha mutaхassislardan javob olish imkoniyati;

– Norma Oʻquv markazi kurslarida vebinarlar va chegirmalardan foydalanish imkoniyati.

 

Buxgalter Pro nima > > >

Bonus dasturi haqida batafsil > > >

Sinov ruхsatnomasini rasmiylashtirish > > >

 

 

JShDS JShDS JShDS /oz/publish/doc/text216088_moddiy_erdamga_jshds_buyicha_imtiez_qullanilmaganda