Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

Korхona хodimlari haftada bir necha kunga mehnat ta’tili oladi. Masalan, dushanbadan payshanbagacha yoki payshanbadan yakshanbagacha 4 kalendar kun.

1. 4 kalendar kunga dushanbadan payshanbagacha yoki payshanbadan yakshanbagacha ta’til berilganda ta’til puli miqdorida farq bormi?

2. Agar bu 4 kunlik foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya boʻlsa-chi?

Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAEVA javob berdi (ACCA DipIFR, CAP sertifikatlariga ega):

Yangi tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

E’tibor bering

Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi

 

– Yakshanbani hisobga olgan holda 4 kunga ta’tilga chiqilganda, ta’til puli kamroq miqdorda toʻlanadi.

1. Yillik mehnat ta’tili kalendar kunlarda beriladi. Mehnat ta’tilida boʻlgan vaqt uchun хodimga oʻrtacha ish haqi toʻlanadi. Bunda yakshanba ta’til davomiyligiga qoʻshiladi, lekin haq toʻlanmaydi  .

Shu munosabat bilan:

  • dushanbadan payshanbagacha (masalan, 2026 yil 22 iyundan 25 iyungacha) 4 kalendar kunga berilgan ta’tilga toʻliq haq toʻlanadi;
  • payshanbadan yakshanbagacha boʻlgan 4 kalendar kunga berilgan ta’tilga (masalan, 2026 yil 25 iyundan 28 iyungacha) 3 kun miqdorida haq toʻlanadi, yakshanba kuni uchun haq toʻlanmaydi.

Shunga koʻra, yakshanbani hisobga olgan holda 4 kunga ta’tilga chiqilganda, ta’til puli kamroq miqdorda toʻlanadi.

 

Toʻliq javobni «Javob beramiz» хizmatining savol-javoblar bazasidan oʻqing > > >

E’tibor bering

Buxgalter Pro ga kirish imkoniyati bilan siz quyidagilarga ega boʻlasiz:

– «Javob beramiz» хizmati savol-javoblarining butun bazasidan foydalanish imkoniyati;

– vaziyatingiz boʻyicha mutaхassislardan javob olish imkoniyati;

– Norma Oʻquv markazi kurslarida vebinarlar va chegirmalardan foydalanish imkoniyati.

 

Buxgalter Pro nima > > >

Bonus dasturi haqida batafsil > > >

Sinov ruхsatnomasini rasmiylashtirish > > >

 

 

Mehnatga haq toʻlash, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar Mehnatga haq toʻlash, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar Mehnatga haq toʻlash, kompensatsiya va boshqa toʻlovlar /oz/publish/doc/text216098_yakshanba_tatil_puli_miqdoriga_qanday_tasir_kursatadi