Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Biz avtotransport vositalarini sotamiz. Yuridik shaxsdan keyinchalik yutuqli oʻyin gʻoliblariga sovrin sifatida topshirish uchun 3 ta avtomobil sotib olish boʻyicha soʻrov kelib tushdi. Biz bitim uch tomonlama shartnoma bilan rasmiylashtirilishini rejalashtirmoqdamiz: reklama aksiyasi tashkilotchisi avtomobillar qiymatini toʻlaydi, avtomobilga egalik huquqi esa bevosita aksiya gʻoliblariga rasmiylashtiriladi. Transport vositasi uchun hisobvaraq-ma’lumotnoma aksiya gʻolibi boʻlgan xaridor nomiga, EHF esa reklama aksiyasini tashkil etgan toʻlovchi –yuridik shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Bunday vaziyatda aksiya gʻolibiga hisobvaraq-ma’lumotnoma va reklama aksiyasi tashkilotchisiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi toʻgʻrimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» ekspertlari, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassislari, soliq maslahatchisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA (ACCA DipIFR, CAP sertifikatiga ega) va yuriskonsult Nurali NURMUHAMEDOV javob berishdi:
Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilmoqdamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro ga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
– Gʻolibga hisob-ma’lumotnomani, reklama aksiyasi tashkilotchisiga esa EHFni rasmiylashtirish qonunchilik talablariga muvofiq emas.
Tovarlar, xizmatlarni realizatsiya qilishda yuridik shaxslar, YaTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ushbu tovarlar (xizmatlar) xaridorlariga EHF taqdim etishlari shart
.
Sizning vaziyatingizda avtomobil xaridori reklama aksiyasi gʻolibi hisoblanadi, chunki aynan u avtomobilga egalik huquqini qoʻlga kiritadi. Reklama aksiyasi tashkilotchisi xaridor emas, faqat uchinchi shaxs uchun avtomobil narxini toʻlaydi. Binobarin, EHF reklama aksiyasi gʻolibi nomiga rasmiylashtirilishi lozim.
Elektron hisobvaraq-ma’lumotnoma - avtomototransport vositasini sotib olishning qonuniyligini tasdiqlovchi, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, distribyutorlik yoki dilerlik tashkiloti tomonidan beriladigan qat’iy hisobda turadigan elektron rasmiy hujjat. U avtomototransport vositasiga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga kiradi
.
Shunday qilib, EHF ham, hisob-ma’lumotnoma ham bitta shaxsga – sizning vaziyatingizda reklama aksiyasi gʻolibi boʻlgan avtomobil xaridorining nomiga rasmiylashtirilishi kerak.
Bunday vaziyatda uch tomonlama shartnomada nimalarni nazarda tutish, tashkilotchining xarajatlarini qanday tasdiqlash va agar EHFni baribir uning nomiga rasmiylashtirish kerak boʻlsa, nima qilish kerakligi haqida mutaxassislarning toʻliq javobida oʻqing > > >
Buxgalter.uz tavsiya etadi
- Reklama aksiyasi doirasida avtomobilni berishni qanday rasmiylashtirish va hisobga olish kerak;
- Tanlov ishtirokchilariga beriladigan pul mukofotlari qanday hisobga olinadi va ularga qanday soliq solinadi;
- Reklama aksiyalarini qanday hisobga olish kerak;
- Vaucher realizatsiya qilinganda QQS hisoblash tartibi.
![]()