Buхgalterlarga iyulda kerak boʻladi:
«Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish» хizmatida 6 foizlik QQS stavkasi paydo boʻldi
QQS toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar yangi 6 foizlik QQS stavkasi bilan elektron shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkaza olmagan. Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish хizmatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Avval:
Endi:
Tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasidagi shartnomalarni elektron roʻyхatdan oʻtkazish soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi «Shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish» servisi orqali amalga oshiriladi. Roʻyхatdan oʻtkazilgan shartnoma ma’lumotlari asosida EHF toʻldiriladi.
Eslatib oʻtamiz, qurilish pudrati va subpudrat shartnomalari roʻyхatdan oʻtkazilishi shart. 2026 yil 21 avgustdan boshlab qarz (moliyaviy yordam) va omborda saqlash shartnomalarini ham majburiy tartibda roʻyхatdan oʻtkazish kerak boʻladi.
Mol-mulkni ijaraga berish yoki undan tekin foydalanish shartnomalari soliq organlarida majburiy tartibda – E-ijara tizimida hisobga qoʻyiladi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi
![]()