Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
My.soliq.uz portalida 2026 yil 1 iyuldan boshlab qoʻllaniladigan soddalashtirilgan tartibda Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining yangi shakli (kodi 10005_11) mavjud.
Batafsil – buxgalter.uz saytida.
«Soddalashtirilgan QQS» hisob-kitobi (215) 3 ta ilovani oʻz ichiga oladi:
- 1-ilova – «Soliq davridagi tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar»;
- 2-ilova – «Elektron hisobvaraq-fakturalar reyestri»;
- 3-ilova – «Yil boshidan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar».
1-ilovada «Qiymati» ustunidagi moviy rangli kataklar ma’lumotlarni qoʻlda kiritish uchun moʻljallangan. Ularga quyidagilar kiradi:
- 0105-satr – «QQS solinadigan boshqa tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish va ulardan olingan daromadlar»;
- 0106-satr – «Soliq bazasiga kiritilgan aksiz soligʻi summasi»;
- 0112-satr – «Transfert narхni belgilashni qoʻllash natijasida olinmay qolgan daromad summasi».
Sariq rang bilan belgilangan kataklar avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Soddalashtirilgan QQSni toʻlash uchun 215-kod qoʻllaniladi:
Buxgalter Pro tavsiyasi
«Soddalashtirilgan» QQSga oʻtishdan foyda Siz nimani tejashingiz va nimani yoʻqotishingiz oʻrtasidagi nisbatga bogʻliqdir. «Soddalashtirilgan» QQS tanlanganda korхona nimaga ega boʻlishi va nimadan voz kechishi haqida – «Soddalashtirilgan» QQSga oʻtish korхona uchun foydali ekanligini qanday aniqlash mumkin» tavsiyasida.
«Yetkazib beruvchi «soddalashtirilgan» QQS toʻlashga oʻtsa, хaridor nimalarga e’tibor berishi kerak» tavsiyasida yetkazib beruvchining umumbelgilangan QQSdan (12 foizlik) «soddalashtirilgan» QQSga (6 foizlik) oʻtishidagi harakatlarining ikkita ssenariysi koʻrib chiqilgan.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi