6 foizlik QQS rejimida eksportda QQSning qaysi stavkasi qoʻllaniladi

preview

E’tibor bering

Materialga Soliq qoʻmitasining raddiyasi munosabati bilan tuzatishlar kiritildi.

 

2026 yil iyun oyida biznes muhitida Prezidentning 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan joriy etilgan 6 foizlik soddalashtirilgan QQS rejimi ishtirokchilari uchun eksport chogʻida nol darajali stavkani qoʻllash masalasi atrofida munozaralar avj oldi.

 

Soliq maslahatchisi Irodaxon Abbosxonova Soliq kodeksining 260-moddasi qoidalariga hamda tayinlangan mamlakat xalqaro tamoyiliga tayangan holda, eksportga 6 foizlik stavka boʻyicha soliq solishning qonuniyligiga shubha bildirdi va ushbu masala boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bayon etdi.

Bunda oʻsha vaqtda soddalashtirilgan rejimga oʻtishda nol darajali stavka saqlanib qolinmasligi va eksport operatsiyalari boʻyicha aylanmaga 6 foizlik stavka boʻyicha soliq solinishi koʻzda tutilgan edi.

6 foizlik QQS boʻyicha yangi soliq hisoboti shakli paydo boʻlishi bilan, soliq maslahatchisi «6 foizlik QQS boʻyicha yangi soliq hisoboti shakli eksport operatsiyalarini 0 foizlik stavka boʻyicha aks ettirishni nazarda tutadi», degan taxminni ilgari surdi.

 

Soliq qoʻmitasi ushbu fikrni rad etuvchi tushuntirishni e’lon qildi:

«Ijtimoiy tarmoqlarda soddalashtirilgan QQSni hisoblash va toʻlash tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar uchun eksport operatsiyalarida QQSning 0 foizlik stavkasi qoʻllanilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bunga soddalashtirilgan QQS boʻyicha hisob-kitob shaklidagi 0103-satr – «Tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilish orqali realizatsiya qilish»ning 4-ustunida QQS summasi koʻrsatilmaganligi sabab boʻlmoqda.

Bu eksport operatsiyalariga 0 foiz stavka qoʻllanilishini anglatmaydi.

Bu soddalashtirilgan tartibda QQSni hisoblash va toʻlashni qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar uchun 6 foizlik stavkada tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish boʻyicha barcha aylanmalarga, shu jumladan eksport operatsiyalariga ham tatbiq etiladi .

Nima uchun 0103-satrda QQS summasi koʻrsatilmagan?

Eksport amalga oshirilganda bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD)da QQS summasi koʻrsatilmaydi. Shu sababli u hisob-kitob shaklining 0103-satri 4-ustunida ham aks ettirilmaydi.

Biroq QQS summasi hisobotning 010-satri 3-ustunida koʻrsatilgan umumiy realizatsiya aylanmasidan 6 foiz stavka boʻyicha hisoblab chiqiladi.

0103-satrda QQS summasining mavjud emasligi hisob-kitob shaklini toʻldirish xususiyati bilan bogʻliq boʻlib, eksport operatsiyalariga 0 foizlik stavka qoʻllanilishini anglatmaydi.».

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text216623_6_foizlik_qqs_rejimida_eksportda_qqsning_qaysi_stavkasi_qullaniladi