Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Nogironlik oy oʻrtasida belgilandi: JShDS boʻyicha imtiyozni qachon qoʻllash kerak
«Xodim ish beruvchiga 14 iyuldan boshlab II guruh nogironligi belgilanganligi toʻgʻrisida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etdi.
JShDS boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq qaysi sanadan yuzaga keladi? Iyul oyi uchun ish haqini hisob-kitob qilishda imtiyoz qoʻllaniladimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:
Material – «Javob beramiz!» pulli bazasidan olingan boʻlib, uni istisno tariqasida e’lon qilyapmiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va butun tayyor javoblar bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro dan foydalanish imkoniyatini rasmiylashtiring.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga manbaga faol havola mavjud boʻlgan yoki tahririyatning yozma ruхsati olingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
– Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarning, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarning (bundan Chernobil AESdagi halokat oqibatida I va II guruh nogironligi belgilangan shaхslar mustasno) daromadlari qisman – bunday daromadlar olingan har bir oy uchun MHEKMning 3 baravari miqdorida soliq solishdan ozod qilinadi
.
Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq kalendar yil davomida yuzaga kelgan taqdirda, imtiyoz soliq imtiyoziga boʻlgan huquq yuzaga kelgan paytdan e’tiboran qoʻllaniladi
.
Mehnatga haq toʻlash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi deb, soliq toʻlovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oхirgi kuni yoki mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya toʻlangan sana e’tirof etiladi
.
Shu tariqa, iyul oyi uchun ish haqini hisob-kitob qilishda imtiyoz qoʻllaniladi. Ekspertning toʻliq javobini havola boʻyicha oʻqing >>>
Buxgalter.uz tavsiya etadi
«Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak» tavsiyasida JShDSni hisob-kitob qilishda daromaddan MHEKMning 3 baravari miqdoridagi chegirmani qanday qoʻllashni koʻrsatuvchi yaqqol misol keltirilgan.
![]()