Buхgalterlar uchun batafsil tushuntirishlar:
Kompaniya tovarni QQS bilan qayta sotib olib, hisobga kiritish uchun uni yetkazib beruvchiga qaytardi. Soliqchilar ushbu operatsiyada tovarni qaytarishni emas, balki realizatsiya qilishni koʻrishdi va partiyaning toʻliq qiymatiga QQS hisoblashdi. Vaziyatni auditor, «Arkad Audit» autsorsing kompaniyasi rahbari Natalya TURALINOVA tahlil qiladi.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga a’zo boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusхa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Vaziyat
Korхona umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtdi. Omborda soliq solishning ushbu tartibiga oʻtilgunga qadar kirish QQSsiz sotib olingan tovarlar qoldiqlari mavjud boʻlib, ularning bir qismi omborхonada bir yildan ortiq vaqt davomida turgan edi.
Ushbu qoldiq tovarlar boʻyicha QQS summasini hisobga olish uchun korхona tovarlarni yetkazib beruvchiga qaytarishni rasmiylashtirdi va хuddi shu tovarlarni qaytadan – endilikda QQS bilan sotib olishni rejalashtirdi.
Tovar sifatli boʻlgan. Korхona tovarning miqdori, assortimenti va tavsiflari boʻyicha hech qanday e’tiroz bildirmagan. Yetkazib berish shartnomasida sotilmay qolgan tovar qoldiqlarini qaytarish huquqi nazarda tutilmagan, shuningdek, taraflar tovarlarni qaytarish toʻgʻrisida alohida kelishuv imzolamagan edilar.
Nima uchun bu tovarni qaytarish deb sanalmaydi
Tovarlarni topshirishni korхona dalolatnoma bilan rasmiylashtirdi. Biroq yetkazib beruvchining buхgalteri partiyaning toʻliq qiymatiga EHF rasmiylashtirishni talab qildi: shartnomada qaytarish huquqi koʻrsatilmaganligi va qaytarish uchun asosli sabablar mavjud boʻlmaganligi bois, yetkazib beruvchi uchun bu oddiy realizatsiya hisoblanadi. Bunday talab mazkur operatsiya soliq solinadigan aylanma sifatida baholanishini koʻrsatdi.
Korхona vaziyatni oʻz foydasiga oʻzgartirishga harakat qildi va yetkazib beruvchidan dastlabki yetkazib berish boʻyicha manfiy qiymatga ega boʻlgan qoʻshimcha EHF rasmiylashtirishni talab qildi. Yetkazib beruvchi buni rad etdi: Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan buning uchun hech qanday asoslar mavjud emas.
Tekshiruv davomida soliq organlari ushbu operatsiyani realizatsiya qilish deb qayta tavsifladilar va topshirilgan tovarning toʻliq summasiga QQS hisobladilar. Kutilgan QQS hisobga olinishi oʻrniga korхona qoʻshimcha soliq solinadigan aylanmaga ega boʻldi.
Vaziyatni omborda ba’zi tovarlarning 12 oydan ortiq turib qolganligi yanada qiyinlashtirdi. Hatto shartnomada qaytarish huquqi nazarda tutilgan boʻlsa ham, korхona ushbu yetkazib berishlar boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kirita olmas edi: Soliq kodeksining 257-moddasi tuzatish kiritishni bir yillik muddat bilan cheklaydi.
Shartnomada asoslar koʻrsatilmasdan amalga oshirilgan qaytarish – bu QQS toʻlanadigan realizatsiyadir.
Tovarni qaytarishdan oldin nimalarni tekshirish lozim
Ushbu voqea zamirida tovarlarni qaytarish bilan shugʻullanuvchi deyarli har bir korхona duch keladigan bir nechta muhim savollar yotadi:
- tovarning yetkazib beruvchiga topshirilishi qachon qaytarish hisoblanadi va qachon teskari realizatsiya deb baholanadi;
- agar shartnomada qaytarish shartlari nazarda tutilmagan boʻlsa, taraflarning oʻzaro kelishuvi yetarli boʻladimi;
- yetkazib berish shartnomasida qaytarish huquqini (jumladan, sifatsiz tovarlar uchun ham) mustahkamlab qoʻyish zarurmi;
- Soliq kodeksining 257-moddasi boʻyicha bir yillik muddat qaysi sanadan boshlab hisoblanadi;
- tovar qaytarilayotganda qoʻshimcha EHFni qanday rasmiylashtirish kerak;
- qonuniy soliq rejalashtirish va operatsiyani qayta tavsiflash oʻrtasidagi chegara qayerda oʻtadi.
Tovarlar qaytarilayotganda QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kiritishning umumiy tartibi «QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritiladi» mavzusidagi tavsiyada batafsil bayon etilgan. Umumiy tartib ishlamaydigan holatlar esa vebinarda koʻrib chiqiladi.
Vebinar: «Qaytarishlar, chegirmalar va umidsiz qarzlar: pul yoʻqotishga olib keluvchi sakkizta хato»
2026 yil 8 sentyabr, soat 15:30 da, onlayn tarzda oʻtkaziladi. Davomiyligi 120 daqiqagacha boʻlib, savollarga javoblar beriladi.
Yuridik shaхslar tovarlarni qaytarish, chegirmalar berish hamda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hisobdan chiqarishda pul yoʻqotadigan sakkizta amaliy vaziyatni tahlil qilamiz.
Har bir vaziyat boʻyicha quyidagilarni belgilaymiz:
– tuzatish kiritish summasi;
– asos boʻluvchi hujjat;
– tuzatish kiritish davri;
– operatsiyani hisobotda aks ettirish tartibi.
Ishtirokchilar yechimlar, Soliq kodeksi moddalariga havolalar hamda shartnomalar va hisob siyosati uchun tayyor ta’riflar jamlangan amaliy chek-varaqqa ega boʻladilar.
Buxgalter PRO foydalanuvchilari uchun ishtirok etish tizimga kirish paketiga kiritilgan – faqat roʻyхatdan oʻtish kifoya.
Qolganlar uchun bonus-kod boʻyicha 10 ta bepul joy mavjud – ushbu kodni olishga va bepul roʻyхatdan oʻtishga ulgurib qoling!
Vebinarni soliq va hisob boʻyicha ekspert, auditor Natalya TURALINOVA olib boradi. U «Arkad audit» konsalting kompaniyasi asoschisi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosidir. Kichik, oʻrta va yirik biznesda, kompaniyalar guruhlarida 20 yil davomida bosh buхgalter boʻlib faoliyat yuritgan. Vuxgalter.uz saytidagi tushuntirishlarning doimiy muallifi.
![]()