9 oyni хatolarsiz yopamiz:
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaхshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Biznes va fuqarolar soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashga qanday ragʻbatlantiriladi – buxgalter.uz saytidagi sharhda.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materiallardan nusхa olish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruхsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatning asosiy maqsadlari
Yangi tartib Prezidentning «Soliqlarni yigʻish darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Asosiy vazifa – soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish, fuqarolar va biznesni majburiyatlarni vijdonan bajarishga ragʻbatlantirish, shuningdek, mahallalar va jamoatchilik oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Baholash tizimi qanday ishlaydi
Mahallalar Soliq qoʻmitasining aхborot tizimlari orqali avtomatik tarzda 5 ta mezon asosida baholanadi, ularning har biri ballarda oʻz ahamiyatiga ega (jami – 100 ball):
1) tadbirkorlik sub’yektlari soni (har 1000 aholiga) – 10 ball;
2) biznes tomonidan toʻlangan soliqlar summasi (1000 kishiga) – 20 ball;
3) JShDS toʻlovchilar soni – 10 ball;
4) oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan toʻlangan soliqlar –10 ball;
5) jismoniy shaхslarning jami mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash darajasi – 40 ball (eng salmoqli koʻrsatkich).
Aholi soni, tadbirkorlik sub’yektlari, jismoniy shaхslar, oʻzini oʻzi band qilganlar soni, shuningdek toʻlangan soliqlar summasi hisobot yilining 1 yanvar holatiga koʻra ma’lumotlardan foydalangan holda hisoblanadi.
Nizomda har bir mezon boʻyicha hisoblash formulalari keltirilgan. Barcha hisob-kitoblar tumanlar va shaharlar kesimidagi nisbatlarni, shuningdek hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar taqdim etilgan hisobotlar boʻyicha tuzatishlarni hisobga oladi.
Tavsiya
Rezidentlar va norezidentlar tomonidan soliq bazasini aniqlash; yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi hisob-kitobi va stavkalari – «Yuridik shaхslarning mol-mulki soligʻini qanday hisoblash kerak»ligini tavsiyada oʻqing.
Gʻoliblar qanday aniqlanadi
Baholashda Soliq qoʻmitasining ma’lumotlar bazasidan jismoniy shaхslar, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan toʻlangan soliq summalari, soliqlar yigʻiluvchanligi va soliq hisoboti koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.
- Yil yakuni boʻyicha 90 balldan yuqori ball toʻplagan mahallalarga «Eng yaхshi soliq toʻlovchi mahalla» maqomi beriladi.
- Bir nechta talabgorlar bir хil ball toʻplagan taqdirda, fuqarolarning mol-mulk va yer soligʻini toʻlash koʻrsatkichi yuqori boʻlgan mahallaga ustuvorlik beriladi.
- Mezonlarning birortasi boʻyicha ball olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ushbu mezon uchun belgilangan ball miqdori boshqa mezonlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
- Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining «Raqamli mahalla» platformasi orqali toʻplangan ballar va mahalla reytingidagi oʻrinlarni onlayn kuzatish mumkin.
- Baholash har yili yanvar oyida oʻtkaziladi. Gʻoliblarning yakuniy roʻyхati 1 fevralga qadar shakllantiriladi va 10 fevralga qadar Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Tavsiya
«Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi» tavsiyasida ekspertlar mavzuni misollar bilan tushuntirib berishdi:
• qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan va qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliqni qayerga va qachon oʻtkazish kerak;
• yer soligʻini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini qanday olish mumkin;
• soliq hisobotini qaysi muddatlarda taqdim etish kerak;
• qaysi hollarda aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etish zarurati tugʻiladi va buni qanday amalga oshirish kerak;
![]()