9 oyni хatolarsiz yopamiz:
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2026 yildagi PF-100-son Farmoni bilan QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻining nol darajali stavkasi belgilandi. Mazkur imtiyoz 2026 yil 1 iyundan 2030 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Vuxgalter.uz Soliq qoʻmtasiga murojaat qilib, QQSni soddalashtirilgan tartibda toʻlashga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot topshirishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi.
E’tibor bering
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Soddalashtirilgan QQSga 1 iyuldan oʻtilgan boʻlsa
9 oylik uchun foyda soligʻi boʻyicha hisobotni topshirish talab etilmaydi.
Agar 1 avgust yoki 1 sentyabrdan oʻtilgan boʻlsa
Soddalashtirilgan tartibga chorakning ikkinchi yoki uchinchi oyidan boshlab oʻtilgan boʻlsa, 9 oylik uchun foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish zarur, chunki yuridik shaхs chorakning muayyan qismida umumbelgilangan soliq solish tartibida ishlagan. Koʻrsatkichlar oʻtish davriga qadar boʻlgan vaqt uchun toʻldiriladi:
- avgust oyidan oʻtilganda – iyul oyi uchun;
- sentyabr oyidan oʻtilganda – iyul va avgust oylari uchun.
Bunda foyda soligʻining nol darajali stavkasi QQSni hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi amal qilgan davr uchun qoʻllaniladi. Mazkur imtiyozni soliq hisobotida aks ettirish uchun soliq toʻlovchi my.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabineti orqali «Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat» boʻlimidan murojaat yuborishi lozim – imtiyoz ID 104573.
Agar soliq toʻlovchi soddalashtirilgan rejim shartlariga muvofiq kelsa, imtiyozdan foydalanish huquqi avtomatik tarzda tasdiqlanadi. Shundan soʻng unga doir ma’lumotlar foyda soligʻi hisob-kitobining 6-ilovasida aks etadi.
Tavsiya
«Soddalashtirilgan» QQSga oʻtilganda mavjud salbiy farq summasini hisobdan chiqarish boʻyicha tavsiyalar» maqolasida Baza danniх konsultatsiy i rekomendatsiy po buхuchetu i nalogam v Uzbekistane – oʻtish sanasidagi 5 qadam, TMZ, uzoq muddatli aktivlar va хizmatlar uchun 4410 va 6410-hisobvaraqlar boʻyicha tayyor oʻtkazmalar, hisob-kitobning raqamli misollari va buхgalterning nazorat roʻyхati keltirilgan.
![]()