Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
10 noyabr
• 2026 yil oktyabr oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlash (SK 292-293-m.);
• Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan 2026 yil oktyabr oyi uchun oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalar bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil noyabr oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 417-m. 6-q.);
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2026 yil noyabr oyi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini toʻlash yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini har chorak uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 16 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga qoʻshimcha dam olish kunini toʻlash boʻyicha yuridik shaxsning xarajatlarini qoplash uchun 2026 yil oktyabr oyida Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun ariza taqdim etish (Nizom 45–46-b. 14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-son ilova).
16 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga oyiga bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Ushbu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi (MK 399-m.).