Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi

preview

Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga tuzatishlar paketi qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi (loyiha ID raqami: 10806) majburiy markirovkalashni hisobga olgan holda ularni ulgurji va chakana realizatsiya qilish qoidalarini batafsil belgilaydi, elektron tijoratga qoʻyiladigan talablarni kuchaytiradi. Shuningdek, muvofiq boʻlmagan mahsulotlarni chaqirib olish va yoʻq qilish tartib-taomillarini oʻzgartiradi. Ushbu yangiliklar farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va dorixona tarmoqlarining operatsion faoliyatiga ta’sir koʻrsatib, dorixona xodimlari va rahbarlari, elektron savdo platformalari operatorlari va buyurtmalar agregatorlari, shuningdek, yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining javobgarlik hududlariga ta’sir qiladi.

Muhokamada 2026 yil 20 noyabrgacha regulation.adliya.uz portalida havola orqali ishtirok etish mumkin.

Batafsil – sharhimizda.

E’tibor bering

Muhim yangiliklar va mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Materiallardan nusxa koʻchirish va foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Ulgurji sotuvchilar va ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladigan litsenziya va infratuzilma talablari

Loyihaga koʻra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar milliy standartlar va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga toʻliq javob beradigan binolar, asboblar va uskunalarga ega boʻlishlari shart.

Tibbiyot preparatlari va buyumlarini ulgurji realizatsiya qilishda nafaqat milliy standartlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari, yongʻin xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga, balki majburiy raqamli markirovkalash talablariga ham rioya etilishini ta’minlash zarur boʻladi.

Shuningdek, rezina, polimer, elektr va elektron komponentlarga ega tibbiy buyumlarni omborda saqlash va tashishga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirish rejalashtirilgan: ular toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari, issiqlik manbalari, yuqori namlik va ularning sifati, xavfsizligi va butunligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa tashqi omillardan himoyalangan boʻlishi kerak.

 

Noqonuniy va markirovkalanmagan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasini taqiqlash  

Yuridik shaxslarga sifatsiz, qalbakilashtirilgan tovarlarni, shu jumladan majburiy raqamli markirovkasiz mahsulotlarni, roʻyxatdan oʻtkazilgan referent narxlari boʻlmagan tovarlarni, shuningdek, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining noqonuniy nusxalarini sotib olish, saqlash, tashish va sotish taqiqlanadi.

 

Elektron tijorat va marketpleyslarni tartibga solish

Retseptsiz dori vositalari va ruxsat etilgan tibbiy buyumlarning onlayn savdosini faqat litsenziyalangan dorixonalar (va ularning filiallari) amalga oshirishi mumkin.

Shaxsiy veb-sayt mavjud boʻlganida /ilova yoki platforma operatori/ buyurtmalar agregatori bilan shartnoma tuzish majburiy boʻladi.

 

Elektron savdo platformasi yoki buyurtmalar agregatori operatorlari bilan tuziladigan shartnomalarga qonunchilikda belgilangan majburiyatlardan tashqari, ularning resurslarida taqiqlangan tovarlar joylashtirilganda, vakolatli organ (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» DM) soʻroviga koʻra, Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu veb-sayt va/yoki sahifalar, mobil ilovalardan foydalanishni cheklashi mumkinligi toʻgʻrisidagi bandni kiritish taklif etilmoqda. Ushbu qoidabuzarliklar boʻyicha ma’lumotlar esa tegishli choralar koʻrish uchun ILMAga yuborilishi mumkin.

 

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni qaytarib olish va olib qoʻyishning yangi qoidalari

Nizomni vakolatli organ tomonidan dorilar va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarish hamda savdodan qaytarib olish toʻgʻrisida koʻrsatma berish uchun asosli holatlarni oʻz ichiga olgan bob bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

Qoʻllash uchun yaroqsiz farmatsevtika mahsulotlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni bevosita vakolatli organga yoki roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi egasiga, ishlab chiqaruvchiga, tibbiy preparatlar va buyumlarni ulgurji yoki chakana sotuvchi yuridik shaxslarga – mas’ul shaxsga taqdim etish zarur boʻladi.

Taklif etilayotgan bobda foydalanish uchun yaroqsiz mahsulotni qaytarib olish, uni 24, 48 va 72 soat ichida (uchta qaytarib olish darajasi boʻyicha – inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfliligiga koʻra) foydalanishga yaroqli mahsulotdan ajratish tartibi, shuningdek, import/ishlab chiqarishni toʻxtatish va ixtisoslashtirilgan komissiyalar orqali yoʻq qilishni tashkil etish majburiyati batafsil bayon etilgan.

 

Xodimlarning shaxsiy javobgarligi 

Chakana sotishda berilgan dori vositasining toʻgʻriligi, elektron retsept talablariga muvofiqligi va xaridorga taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun dorixona xodimining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisidagi normalarni joriy etish taklif etilmoqda. Dorixona rahbari «Elektron sogʻliqni saqlash» tizimining «Elektron retsept» moduliga ma’lumotlarning toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradi.

 

Reimbursatsiyaning moliyaviy oqibatlari

Loyihada reimbursatsiya dasturi bilan ishlash qoidalari (tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan elektron retseptlar orqali dori vositalari qiymatini qoplash) aniqlashtirilmoqda. Limitlar yoki reimbursatsiya qoidalari buzilgan holda berilgan dori-darmonlar boʻyicha xarajatlar qoplanmaydi, dorixona zarar koʻradi.

 

Yaroqliligi cheklangan va muomaladan chiqarilgan tibbiyot preparatlari va buyumlarini hisobga olish

Hujjatda, shuningdek, vaqtincha saqlashdagi qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatli mahsulotlardan alohida (ham qogʻozda, ham elektron shaklda) hisobga olinishi lozimligi nazarda tutilmoqda.

Tavsiya

«Farmatsevtika mahsulotlarini realizatsiya qilishni qanday hisobga olish kerak» tavsiyasida quyidagi tahlillar keltirilgan:

  • farmatsevtika mahsulotlari savdosini litsenziyalash va sertifikatlashtirish talablari;
  • retseptli va retseptsiz dori vositalarini sotish tartibi;
  • dori vositalarini sotishda savdo ustamalarini shakllantirish qoidalari;
  • import qilinadigan farmatsevtika mahsulotlarining xarid (bazaviy) qiymatini hisoblash;
  • tibbiy preparatlar va buyumlarni majburiy markirovkalashga qoʻyiladigan talablar;
  • farmatsevtika tovarlarini realizatsiya qilishda soliqqa tortish xususiyatlari.

Demo ruxsatini olish

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text218155_farmacevtika_mahsulotlari_bozorida_yuridik_shahslar_uchun_qoidalar_qanday_uzgaradi