Korxonadagi naqd pullar: kassa limitini bank bilan kelishish kerakmi

preview

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi (17.11.2026-y. AV roʻyxat raqami 3977-son).

Naqd pul tushumini bankka topshirish tartibi va muddati hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassasidan naqd pul olish muddatlari, shuningdek, korxona kassasidagi naqd pul qoldigʻining ruxsat etilgan limitini belgilash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar oʻtmishga aylanadi. Markaziy bankning yangi Yoʻriqnomasi kuchga kirishi bilan –19.02.2027 yildan boshlab – qoidalar oʻzgaradi: korxonalar kassada qancha naqd pul qoldirishni oʻzlari belgilaydilar, ammo buning uchun javobgarlik ham ularning zimmasida boʻladi.

Kompaniyalar daromadni qanday topshirishlari va ish haqini qanday toʻlashlari haqida bizning sharhimizda koʻrib chiqamiz.

E’tibor bering

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Yangi Yoʻriqnoma bank tizimida naqd pul muomalasini tashkil etishni tartibga soladi.

Markaziy bankning bosh boshqarmalar va tijorat banklari bilan oʻzaro hamkorligiga taalluqli masalalardan tashqari (pul belgilarini muomalaga chiqarish/ayirboshlash/olib qoʻyish, zaxira fondlarini shakllantirish, kassalarni mustahkamlash, inkassatsiya, hujjat aylanishi va h.k.) Yoʻriqnoma xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun naqd pul bilan ishlash (tushumni topshirish, limitlar belgilash, ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar uchun mablagʻlar olish) doirasini belgilaydi.

 

Tushumni bankka topshirish

Kompaniyalar banklardagi hisobvaraqlariga naqd pulni ikki yoʻl bilan topshirishlari mumkin: inkassatsiya xizmati orqali yoki avtomatlashtirilgan depozit mashinalaridan (ADM) foydalangan holda mustaqil ravishda.

E’tibor bering

Ma’lumot uchun

Hisobot shakllarida (3977-son Yoʻriqnomaga 1-ilova) shu jumladan ADM orqali topshiriladigan naqd pullar hisobi ajratib koʻrsatilgan. Bu savdo korxonalari va kichik biznes uchun inkassatsiyani raqamlashtirishning zamonaviy voqeligini aks ettiradi, ular tez orada bank filiallari uchun majburiy hisobot me’yorlariga aylanadi.

 

Korxonalarning kassa limitlari

Amaldagi qoidalarga koʻra, korxonalar har yili yanvar oyida xizmat koʻrsatuvchi bankka maxsus «ma’lumotnoma-hisob-kitob» taqdim etgan. Bank uni koʻrib chiqqan va limitni tasdiqlagan. Busiz limit nolga teng deb hisoblanardi .

Yangi Yoʻriqnomaga muvofiq xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (va ularning tarkibiy boʻlinmalari) kassalarida naqd pul qoldiqlari limitlarini korxona rahbarlari mustaqil ravishda belgilaydilar va ularga rioya etilishini ta’minlashga majbur boʻladilar.

 

Banklar tomonidan naqd pullarni qabul qilish va berish

Banklar quyidagilarga majbur:

  • yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan naqd pul mablagʻlarini nominal qiymati boʻyicha moneliksiz qabul qilish;
  • yuridik shaxslar va YaTTlarga ularning bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar doirasida ularning birinchi talabiga koʻra naqd pul berish.

Ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar korxonalarning banklardagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida kassa hujjatlari asosida naqd pulda toʻlanadi.

Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga ularning bankdagi ssuda hisobvaraqlaridan naqd pul berilishi mumkin.

Yangi Yoʻriqnoma bank tariflarini bekor qilmaydi va kassa xizmati uchun toʻlovlarni taqiqlamaydi. Shuning uchun tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning hisobvaragʻidan naqd pul mablagʻlarini yechib olganlik uchun vositachilik haqi olishga haqlidir. Mukofot miqdori, avvalgidek, har bir bank tomonidan mustaqil ravishda bank hisobvaragʻi shartnomasi doirasida belgilanadi.

 

Toʻlov muddatlarini kelishish

Hozir xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar limitdan ortiqcha naqd pullarni kassada faqat ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, shu jumladan bankdan olingan kun davomida saqlashga haqli .

Yangi Yoʻriqnoma qoidalariga muvofiq, banklar korxonalar va byudjet tashkilotlari bilan birgalikda bir oy davomida kassalarga tushadigan yuklamani imkon qadar teng taqsimlash uchun naqd pul berish jadvallarini kelishib olishlari kerak boʻladi. Hech qanday aniq muddat belgilanmagan.

Muhim kafolat: muddatlarni kelishish va taqsimlash toʻlovlarni kechiktirishga sabab boʻlmaydi va qonunchilik muddatlarini buzishga asos boʻlmaydi.

Agar ish haqi toʻlanadigan kun dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelsa, bank bir kun oldin naqd pul berishi shart.

 

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach – 2027 yil 19 fevraldan kuchga kiradi. Ushbu muddat tugagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan naqd pul muomalasi boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada belgilangan me’yorlar amal qiladi . 3 oydan soʻng 3003-son Yoʻriqnoma va unga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar oʻz kuchini butunlay yoʻqotadi.

Tavsiya

«Naqd pul bilan operatsiyalar qanday amalga oshiriladi» tavsiyasida ekspertlar kassa operatsiyalari boʻyicha bosqichma-bosqich koʻrsatmalar toʻpladilar:

• hisob-kitob hisobvaragʻidan pul yechishning maqsadi va tartibi, shuningdek bank komissiyasini hisobga olish;

• kassadan mablagʻlarni berish (shu jumladan ishonchnoma boʻyicha) va uni hisobda aks ettirish;

• pullarning saqlanishini ta’minlash, kassa hujjatlarini saqlash muddatlari va qoidabuzarliklar uchun javobgarlik.

Demo ruxsatini rasmiylashtirish

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text218407_korhonadagi_naqd_pullar_kassa_limitini_bank_bilan_kelishish_kerakmi