Xodimlarga beriladigan qarzlar: shartnomalarni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi

preview

Kompaniya xodimlarga foizsiz pul qarzlari beradi, keyin esa toʻlovni ish haqidan ushlab qoladi. Bunday shartnomalarni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi?

Ushbu savol bilan bizga Telegram-kanal obunachisi murojaat qildi. Bunday qarz shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan «Norma» eksperti Shuhrat XUDOYNAZAROV tushunishga yordam berdi.

E’tibor bering

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

Yuridik shaxs xodimlar bilan tuzilgan qarz shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishi shart. 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmonning 6-bandi «b» kichik bandida belgilangan talab barcha qarz shartnomalariga, shu jumladan jismoniy shaxslar bilan tuzilgan va foizsiz qarz shartnomalariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Xodim bilan qarz shartnomasini qanday roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

Shaxsiy kabinetda my.soliq.uz saytida «Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish» xizmatini oching.

 

Ochilgan shaklda «Qarz shartnomasi» predmetini tanlang (35), zarur satrlarni toʻldiring, jumladan:

  • qarz toifasi – foizli («foizli») yoki foizsiz («foizsiz»);
  • foizli shartnomalar uchun – stavkani;
  • qaytarish muddati.

E’tibor bering, shakl turli xil shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan, shuning uchun alohida satrlarning nomlari qarz shartnomasiga mos kelmasligi mumkin. Xususan, «Yetkazib beruvchi» blokida kompaniyangiz, ya’ni qarz beruvchining ma’lumotlari avtomatik ravishda koʻrsatiladi, «Buyurtmachi» blokida esa qarz oluvchi xodimning JShShIRi va boshqa ma’lumotlarni oʻzingiz kiritasiz.

Xodimning JShShIRini kiriting, arifmetik misol natijasini tekshiruv maydoniga kiriting va strelka tugmasini bosing. Shundan soʻng avtomatik ravishda F.I.Sh. va manzil toʻldiriladi. Qolgan satrlarni oʻzingiz toʻldirishingiz kerak.

«IFUT» (yuridik shaxslar uchun), «Telefon raqami» satrlarini toʻldirish majburiy emas. Bank rekvizitlari esa majburiy. Shu bilan birga, ushbu holatda aynan qaysi rekvizitlarni koʻrsatish kerakligi haqida hozircha rasmiy tushuntirishlar yoʻq. Menimcha, qarzning turidan qat’i nazar, jismoniy shaxsning bankdagi hisob raqamini koʻrsatish maqsadga muvofiq (Biz Soliq qoʻmitasidan mazkur masalani aniqlashtirishni soʻradik – ayni paytda bu satrlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilayotgan ekan. Natijalar haqida sizga qoʻshimcha ravishda xabar beramiz).

Tavsiya

«Qarz beruvchi qarz berish va qaytarilishini qanday hisobga olishi kerak» tavsiyasida jismoniy shaxslarga (xodimlar, ta’sischilar) berilgan qarzlarning soliq va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan

 

Buxgalter.uz tushuntirishi: qarz beruvchi jismoniy shaxs, qarz oluvchi esa yuridik shaxs boʻlgan qarz shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazishga kelsak, bu shartnomalar ham soliq organida hisobga qoʻyilishi shart. Ammo hozircha buning uchun funksional imkoniyat mavjud emas. 

Jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetida bunday xizmat mavjud emas, demak, jismoniy shaxs qarz shartnomasini roʻyxatdan oʻtkaza olmaydi. Yuridik shaxs esa qarz shartnomalarini faqat qarz beruvchi sifatida oʻz shaxsiy kabineti orqali roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin. Soliq qoʻmitasidagi soʻrovimizga javoban, funksiya hozirda ishlab chiqilayotganini aytishdi.

 

 

 

DSQ elektron servislari DSQ elektron servislari DSQ elektron servislari /oz/publish/doc/text218411_hodimlarga_beriladigan_qarzlar_shartnomalarni_soliq_organlarida_ruyhatdan_utkazish_kerakmi