MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi

preview

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekistonda qoʻllash uchun e’tirof etilgan MHXS matnlarini yangiladi (20.11.2026 y  AV roʻyxat raqami 3400-3-son). Hujjat 2026 yil 21 noyabrdan kuchga kirdi va valyuta ayirboshlashga cheklovlar qoʻyilganda kursni hisoblash qoidalarini joriy etdi, shuningdek, sugʻurta kompaniyalari uchun standartni almashtirdi.

Standartlarda aynan nimalar oʻzgardi va hisobotni tayyorlashda qaysi me’yorlarga e’tibor qaratish kerakligi – buxgalter.uz sharhida.

E’tibor bering

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola yoki tahririyatning yozma ruxsati mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

 

21-son MHXS (IAS) «Valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning ta’siri»

Valyuta kurslari toʻgʻrisidagi standartga tashkilot bir valyutani boshqasiga ayirboshlay olmaydigan holat uchun quyidagi harakatlar tartibi kiritilgan:

  • ayirboshlash mumkinligini tekshirish. Tashkilot birja, bank yoki boshqa qonuniy mexanizm orqali odatdagi muddatda boshqa valyutani olishi mumkin boʻlsa, valyuta ayirboshlanadigan hisoblanadi. Agar ozgina miqdorni olish mumkin boʻlsa, valyuta ayirboshlanadigan hisoblanmaydi;
  • agar ayirboshlash imkoni boʻlmasa, kursni hisoblash. Tashkilotning oʻzi bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi bitim odatdagi sharoitda qanday kurs boʻyicha oʻtishini belgilaydi. Mavjud kursni (masalan, ayirboshlash qayta tiklanganidan keyingi birinchi kursni) olish yoki kursni boshqa usul bilan hisoblash mumkin;
  • hisobotdagi ma’lumotlarni ochib berish. Qaysi valyuta va nima uchun ayirboshlanmayotgani, qanday kurs qoʻllanilgani va u qanday olinganini, shuningdek, bu qanday summalar va xavflarga ta’sir qilishini koʻrsatish kerak.

Tuzatishlar 2025 yil 1 yanvar va undan keyin boshlanadigan yillik davrlarga nisbatan qoʻllaniladi. Oʻtgan davrlar uchun ma’lumotlarni qayta hisoblash shart emas.

Xuddi shu qoidalar 1-son MHXSda (IFRS)  da birinchi marta MHXS boʻyicha hisobot tayyorlayotgan tashkilotlar uchun ham hisobga olingan.

 

Sugʻurta shartnomalari: 4-son MHXS oʻrniga – 17-son MHXS

17-son MHXS (IFRS) «Sugʻurta shartnomalari» Oʻzbekistonda qoʻllash uchun tan olingan, avvalgi 4-son MHXS (IFRS) esa tan olinganlar qatoridan chiqarilgan. Bu, birinchi navbatda, sugʻurta kompaniyalariga tegishli.

 

Boshqa standartlardagi texnik oʻzgarishlar

33 ta standart va tushuntirishlarga «kuchga kirmagan tuzatishlarni nazarda tutadi» belgisi bilan yangi bandlar qoʻshildi. Bular kelajakdagi tuzatishlar uchun bandlarning zaxiralangan raqamlari, hozir talablar oʻzgarmayapti. 12-son MHXS (IAS) ning 88G-bandidagi axborotni oshkor etish misollarini takrorlagan xatboshi olib tashlandi.

Tavsiya

Aktivlar va majburiyatlar – Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotning asosiy elementlari boʻlib, hisobotning qolgan koʻrsatkichlari: kapital, daromadlar va xarajatlar ularga bevosita bogʻliq boʻladi. Aktivni tan olishdagi xatolik kompaniyaning butun balansini buzishi mumkin.

2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi aktivlar ta’rifi va 1-sonli MHMS talablarini hisobga olgan holda aktivlarni tan olish va tasniflashning barcha jihatlarini «Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktivlarga kiritiladi» tavsiyasida oʻqing.

Demo ruxsatini rasmiylashtirish

 

Xulosa. Agar tashkilotning ayirboshlashga cheklovlar qoʻyilgan valyutalardagi operatsiyalari yoki bunday valyutalar mavjud boʻlgan mamlakatlarda shu’ba korxonalari mavjud boʻlsa, MHXS boʻyicha hisobotni tayyorlashda 21-son MHXS (IAS)ning yangi qoidalarini qoʻllash lozim. Sugʻurta kompaniyalari 17-son MHXSga (IFRS) e’tibor qaratishlari lozim. Qolgan oʻzgarishlar hozircha hisobga ta’sir qilmaydi.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text218485_mhhs_2026_yil_21_noyabrdan_nimalar_uzgardi