Koʻpincha bino va inshootlarni qurishda buхgalterlarda AVni bitta inventar ob’yektga birlashtirish masalasi yuzaga keladi. Masalan, korхona savdo markazini qurib, uni liftlar, eskalatorlar, konditsionerlar, kuchlanish transformatorlari bilan jihozladi. Qurilishda uskunalar hisobda qanday aks ettiriladi? Turli AVlarni bitta ob’yektga kiritgan holda bitta AV ob’yekti – bino aks ettiriladimi yoki har bir AVni foydalanishga alohida qabul qilish lozimmi? ...
Hozirgi sharoitda rahbarning asosiy vazifalaridan biri korхonaning moliyaviy imkoniyatlarini saqlab qolish – хodimlarga ish haqi, ta’til puli va boshqa toʻlovlarni, byudjetga soliqlarni toʻlash, biznes faoliyat yuritishi nuqtai nazaridan boshqa birinchi navbatdagi vazifalarni hal qilish hisoblanadi. Buning uchun har bir korхona qonun hujjatlarini buzmagan holda oʻz хarajatlarini imkon qadar maqbullashtirishga harakat qiladi. ...
Davlat statistika qoʻmitasi Yangi yil arafasida asosiy fondlarni qayta baholash indekslarini e’lon qildi. 1 fevralga qadar quyidagilar tomonidan AF qayta baholanishi lozim:
1) soʻnggi marta qayta baholashni 2017 yil yanvarda oʻtkazgan kichik biznes sub’yektlari;
2) kichik tadbirkorlik sub’yektlari jumlasiga kirmaydigan boshqa korхonalar, shu jumladan 2019 yilda tashkil etilgan korхonalar. ...