Xizmat safari boʻyicha hisob-kitoblar

Material sanasi 22.01.2025
«Korxona xodimni Qozogʻistonga 5 kunlik xizmat safariga yubordi. Korxonada Xizmat safarlari toʻgʻrisida nizom ishlab chiqilgan. Unga muvofiq xodimga kuniga 50 AQSh dollari miqdorida kundalik toʻlov berildi. Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan kundalik me’yorlar kuniga 25 AQSh dollarini tashkil etadi. Xodim xizmat safari boʻyicha boʻnak hisobotini yopish uchun barcha hujjatlarni, shu jumladan kundalik xarajatlar boʻyicha hujjatlarni taqdim etdi. Me’yordan ortiqcha kundalik toʻlovlar boʻyicha xodimning daromadini va ijtimoiy soliq, JShDS, ShJBPH ajratmalarini buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?» Buxgalter Pro obunachisining iltimosiga koʻra savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 29.10.2024
«Xodim respublika ichida xizmat safarida boʻldi. U mehmonxonada yashash xarajatlarini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻladi va chek taqdim etdi. Bu holatda sutkalik pullar toʻlanadimi? Qanday hollarda sutkalik pullar toʻlanmaydi?» Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 24.10.2024
«Xodim Oʻzbekiston hududida xizmat safarida boʻldi. U mehmonxonada yashaganlik haqida kvitansiya taqdim etdi, toʻlov cheki yoʻq, lekin «toʻlandi» degan belgi qoʻyilgan. Mazkur hujjat yashash xarajatlarini toʻliq hajmda toʻlash uchun asos boʻla oladimi? Yoki biz unga xarajatlarni BHMning 20% miqdorida qoplashimiz kerakmi?» Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmatining mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ... 

Material sanasi 12.09.2024
«Xodim kunduzgi soat 12:00 da Turkiyadan xorijiy xizmat safaridan Toshkentga qaytib keldi. Bu kun buyruqqa muvofiq xizmat safari kunlariga kiritilgandi. U doimiy asosda Navoiyda yashaydi va ishlaydi. Buxgalter bu kun uchun xodimga Turkiya me’yorlari boʻyicha emas, balki Toshkent shahri me’yorlari boʻyicha kundalik xarajatlar uchun haqni hisoblab chiqardi. Bu kun uchun kundalik xarajatlarga haq qaysi me’yorlar boʻyicha toʻlanadi?» Vaziyatni buxgalter.uz uchun maxsus «Norma» eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi: ... 

Material sanasi 06.09.2024
«Xususiy korxona oʻz xodimlarini muntazam ravishda mahalliy va xorijiy xizmat safarlariga yuboradi. Kundalik xarajatlar miqdorlari buyruq bilan tasdiqlangan, ular Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomda 02.08.2022 y. 424-son VMQga ilova va xorijiy xizmat safarlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda 19.11.2015 y. AV roʻyxat raqami 2730-son belgilangan me’yorlardan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin. Xususiy korxonalar qonunchilikda belgilangan kundalik xarajatlar me’yorlarini qoʻllashi shartmi?» Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal HOShIMOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 07.08.2024
«Korxona rahbari xizmat safari uchun booking.com orqali mehmonxona bronlagan. Lekin safardan qaytgandan soʻng bu mehmonxonada yashaganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan. Mehmonxonani bronlash haqidagi hujjatni xizmat safaridagi yashash xarajatlarini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilish mumkinmi?». Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: ... 

Material sanasi 07.02.2024
«Xodim Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, Navoiy shahrida doimiy asosda ishlaydi. Navoiy shahrida korxona unga xizmat kvartirasini bergan. Doimiy turar joyi Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, uning oilasi ham shu yerda yashaydi. Korxona xodimni Toshkent shahriga xizmat safariga yuborish chogʻida unga ...