9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xususiy korxonalar qonunchilikda belgilangan kundalik xarajatlar me’yorlarini qoʻllashi shartmi
«Xususiy korxona oʻz xodimlarini muntazam ravishda mahalliy va xorijiy xizmat safarlariga yuboradi. Kundalik xarajatlar miqdorlari buyruq bilan tasdiqlangan, ular Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomda
va xorijiy xizmat safarlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda
belgilangan me’yorlardan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin.
Xususiy korxonalar qonunchilikda belgilangan kundalik xarajatlar me’yorlarini qoʻllashi shartmi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Iqtisodiyot va moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal HOShIMOVA javob berdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Xodimlarga qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kam boʻlmagan miqdorda kundalik xarajatlar uchun haq toʻlashni tavsiya etamiz.
Kundalik xarajatlar quyidagi tarzda qoplanadi:
- Oʻzbekiston hududidagi xizmat safarlari boʻyicha – jamoa yoki mehnat shartnomasiga muvofiq miqdorlarda, biroq kamida 0,35 BHM (shu jumladan ovqatlanish uchun – 0,25 BHM va boshqa xarajatlar uchun - 0,1 BHM)
. Bunda xususiy korxonalar uchun Xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizom qoidalari tavsiyaviy xususiyatga ega; - xorijiy xizmat safarlarida – vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari uchun belgilangan me’yorlar
boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlarni
hisobga olgan holda. Agar xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar boʻlib turgan mamlakatda qabul qiluvchi tomon hisobidan bepul ovqat (nonushta, tushlik, kechki ovqat) bilan ta’minlansa, ish beruvchi belgilangan me’yorlarning 30 foizi miqdorida kundalik xarajatlar uchun haq toʻlaydi. Qabul qiluvchi tomon shaxsiy ehtiyojlari uchun mablagʻlar bilan ham ta’minlagan taqdirda ish beruvchi kundalik xarajatlar uchun umuman haq toʻlamasligi mumkin. Agar qabul qiluvchi tomon tarafidan xarajatlarni (ovqatlanish va boshqa xarajatlar) qoplash uchun berilgan mablagʻlar kundalik xarajatlarning belgilangan eng koʻp miqdorlaridan past boʻlsa, ish beruvchi tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda – farqning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Xususiy korxona kundalik xarajatlar miqdorlarini jamoa yoki mehnat shartnomasida belgilashga haqli, ular qonunchilikda belgilangan me’yorlardan farq qilishi mumkin. Bunda shuni qayd etimiz
:
- har qanday me’yoriy-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan MHHga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak;
- hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini MHHga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
Shu bois ish beruvchilarga xodimlarga kundalik xarajatlarni qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kam boʻlmagan miqdorda qoplashni tavsiya etamiz.
![]()