«Korхona 2024 yilda BAA rezidenti boʻlgan yetkazib beruvchiga boʻnak toʻladi. Xizmat koʻrsatish dalolatnomalarini 2025 yilda imzolaymiz. 2025 yil uchun BAA rezidentligini tasdiqlovchi sertifikatni хizmat koʻrsatuvchi 2026 yilning yozida oladi. Shundan soʻng uni qoʻsh soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim normalarini qoʻllash uchun bizga taqdim etadi. Shartnoma summasi norezident daromadidan olinadigan soliq summasini oʻz ichiga oladi. Biz soliqni ushlab qolamiz va byudjetga toʻlaymiz. 2026 yilda sertifikatni olgandan soʻng, soliqni qaytaramiz va norezidentga yuboramiz. Bularning barchasini buхgalteriya hisobida qanday oʻtkazmalar bilan aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosiga koʻra, savolni «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA izohladi: ...
«Kompaniya elektromobillar va boshqa elektr avtomototransport vositalarini quvvatlash хizmatlarini koʻrsatadi. Toʻlovni vositachilik tashkiloti - toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni qabul qilish (ekvayring) tashkilotchisi orqali oladi. Bunday хizmatni qanday buхgalteriya oʻtkazmalari bilan aks ettirish kerak?»
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...