Yangi

Xolis platformasi orqali ishlovchilarga kassa apparati kerakmi

07.01.26
1 yanvardan boshlab YaTT va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun – aylanmadan 1 foiz miqdorida yangi soliq rejimi kuchga kirdi. Chakana savdo sub’yektlariga esa toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida shakllantirilgan maxsus QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiyati yuklatildi. Birinchi va hozircha yagona shunday platforma Paynet tomonidan ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, ushbu yangiliklar bilan bogʻliq koʻplab amaliy masalalar – kassa apparatlari, korporativ kartalardan toʻlovlarni qabul qilish, tovarlarni hisobga olish, markirovkalash va boshqalar boʻyicha hozircha noaniqligicha qolmoqda. «Paynet» AJ kommunikatsiyalar boʻyicha rahbari Zumrad ARAPJONOVA bizning iltimosimizga koʻra, qaysi masalalar boʻyicha qaror allaqachon ma’lumligi va qaysi mexanizm hali ham takomillashtirilayotganini tushuntirdi:

Toshkent viloyati boʻyicha 2026 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan koeffitsiyentlar tasdiqlandi

05.01.26
Toshkent viloyati uchun koʻchmas mulkni ijaraga berishda ijara toʻlovining eng kam stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar qabul qilindi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

2026 yil yanvar oyi uchun bosh buxgalter rejasi

01.01.26
Yanvarda bizni koʻp narsalar kutyapti, hamkasblar... «Hammasi rejadagidek» degan ibora yordamida faqat yaxshi narsalarga umid qilamiz. Buxgalter.uz turli voqealar va joriy ishlar oqimida keyinchalik jarimaga tortilishi mumkin boʻlgan biror muhim narsani tasodifan unutib qoʻymaslik uchun siz uchun yanvar «eslatmasi»ni tayyorladi:

2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak

29.12.25
2026 yil yanvar oyida ayrim tashkilotlar dekabr, chorak yoki yil uchun yangi statistika hisoboti shakllari boʻyicha hisobot berishlari kerak boʻladi. Bundan tashqari, Milliy statistika qoʻmitasi tanlanma kuzatuvlarga tushadigan omadlilar roʻyxatini ham e’lon qildi. Oʻzimizni – buxgalter.uz saytining an’anaviy sharhidagi jadvaldan izlaymiz:

2026 yil uchun hisob siyosati konstruktori: yangilandi va ishga tayyor!

27.12.25
Hisob siyosati konstruktori 2026 yil uchun hisob siyosatini shakllantirishda yordam beradi. Bu tashkilotingizning oʻziga xos xususiyatini inobatga olib, bir necha bosqichda hisob siyosatini shakllantiruvchi servis. Savollarga javob bersangiz bas.

Oʻzbekiston ishlab chiqarish kalendari: 2025 yilda ish va bayram kunlari

25.12.25
2025 yil uchun ishlab chiqarish kalendari Bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlangan. 2025 yil uchun Oʻzbekistonda butun yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilovchi Prezident farmoni qabul qilinmadi. Bu ishlab chiqarish kalendari Mehnat kodeksi normalari asosida tuzilganini va rasmiy qarorlar qabul qilinishiga qarab yangilanib borishini anglatadi.

Nima uchun soliq ma’muriyatchiligidagi soʻnggi yangiliklar boʻyicha rasmiy tasdiqlangan tartib yoʻq

22.12.25
«Soliq xodimi qoʻngʻiroq qilib, siz qat’iy belgilangan soliqda ekansiz, zudlik bilan aylanmadan olinadigan soliqni foizlar boʻyicha toʻlashingiz haqida xabarnoma yuboring, deb ogohlantirmoqda». «Telefon orqali Paynet Xolisda roʻyxatdan oʻtishni talab qilishmoqda, onlayn-NKMdan foydalanish mumkin emas, aks holda MChJga oʻtishga toʻgʻri keladi, deyishmoqda...» Soliq ma’murchiligidagi soʻnggi global oʻzgarishlar boʻyicha rasman tasdiqlangan tartib mavjud boʻlmaganda ogʻzaki tartibga solish amaliyoti qanchalik toʻgʻri? Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA vaziyatni sharhlab berdi:

Dori vositasining retsept asosida berilishini YaIDXP orqali qanday tekshirish mumkin

22.12.25
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida dori vositasi – retsept asosida yoki retseptsiz berilishi haqida tezkor ma’lumot olish imkonini beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi. Bu qanday ishlashini tekshirib koʻrdik. Xizmatdan foydalanish uchun portalda avtorizatsiyadan oʻtish shart emas, buning uchun ishlab chiquvchilarga alohida rahmat:

PQ-282-son Qaror: Oʻzbekistonda moliyaviy hisob islohotlarining yangi bosqichi

18.12.25
Oʻzbekistonda buxgalteriya tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiqlashtirilishi hamda MHXSni qoʻllashning xalqaro amaliyotga asoslangan konseptual yondashuvini joriy etish bugungi kunning muhim vazifasi. Bu yoʻnalishdagi oʻzgarishlar xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi boshqarmasi boshligʻi Otabek BARAKAYeV oʻz fikrlarini bildirdi.

Koʻrsatilmagan davlat xizmati uchun toʻlov qaytariladi: 792-son VMQ boʻyicha davlat xizmatlari sifatini baholash tizimi qanday ishlaydi

17.12.25
Davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar ularning sifatini belgilaydilar. Ularni koʻrsatish rad etilgan taqdirda esa iste’molchiga xizmat uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar qaytariladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 16.12.2025 yildagi 792-son qarorida nazarda tutilgan. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida