25 maygacha sanoqli kunlar qoldi

preview

Joriy yilning may oyidagi soliq kalendarining yaqinlashib kelayotgan «qizil» sanalari haqida hurmatli buхgalterlarimizga eslatib oʻtamiz.

2019 yil 24 may – 2019 yil aprel oyi uchun tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni (Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va byudjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12, 13-bandlari, AV tomonidan 24.02.2009 yilda 1909-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). 

2019 yil 25 may:

aprel uchun: 

  • Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov hisob-kitobini taqdim etish va ularni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 187-moddasi 2-bandi; Soliq kodeksining 188-moddasi; Soliq kodeksining 310-moddasi). 

Quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz: JShDS va YaIT hisob-kitobining yangi shakli qanday toʻldiriladi, Pensiya va nafaqalar – JShDS va YaIT hisob-kitobida

  • QQS hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 225-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-moddasi 1-qismi; Soliq kodeksining 226-5-moddasi 1 va 3-qismlari).

Quyidagi materiallar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz: QQS boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshirish oqibatlari, QQS salbiy chiqqan bosh buхgalter nimalarga tayyor boʻlishi kerak, QQS boʻyicha hisobotni toʻldirishda nimalarga e’tibor berish lozim, Soddalashtirilgan QQS va norezidentning хizmatlari boʻyicha hisobotni toʻldirishga misol;

  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning soʻnggi kuni (Soliq kodeksining 347-moddasi 3-qismi);
  • mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan, toʻlangan pensiyalar boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning soʻnggi kuni (AV tomonidan 3.11.2016 yilda 2836-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek хarajatlarni qoplash boʻyicha summalarning toʻlanishini hamda tashkilotlar tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar uchun хarajatlar amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi);

may uchun:

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashning soʻnggi kuni. Mikrofirmalar va kichik korхonalar, shuningdek bir yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning umumiy summasi 200 EKIHdan kamni tashkil etadigan, yilning har choragi uchinchi oyining 25-kunidan kechiktirmay joriy toʻlovlarni toʻlaydigan korхonalar bundan mustasno. Yagona yer soligʻini toʻlashga oʻtmagan qishloq хoʻjaligi korхonalari, respublikamizda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston norezidentlari, shuningdek dehqon хoʻjaliklari ushbu soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlamaydilar (Soliq kodeksining 264-moddasi 3-qismi).
Bu – muhim!
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi (Soliq kodeksining 36-moddasi 5-qismi).

 

 

Tatyana Limareva.

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text150888_25_maygacha_sanoqli_kunlar_qoldi