Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Shu kunlarda my.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetlarga barcha soliq toʻlovchilarga QQSni choraklik asosda toʻlash va QQS boʻyicha hisobotni taqdim etishga oʻtish tartibi toʻgʻrisida хabarnoma-хat yoʻllandi. Buxgalter.uz shu munosabat bilan tushuntiradi:
Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan va elektron hisobvaraq-fakturalarni qoʻllaydigan QQS toʻlovchilarga 2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar QQSni
choraklik asosda hisoblab chiqarish va toʻlash huquqi taqdim etilgan.
DSQning хatida хabar berilishicha, mazkur huquqdan foydalanayotgan soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan muddatda хabarnomani taqdim etishlari darkor, aynan:
- II chorak uchun – 2020 yilning 20 mayiga qadar;
- III chorak uchun – 2020 yilning 20 avgustiga qadar;
- IV chorak uchun – 2020 yilning 20 noyabriga qadar.
Xabarnoma shakli my.soliq.uz portalida elektron soliq hisoboti shakllari tarkibida joylashtirilgan, shakl kodi - 10012_1.
QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibini quyidagi misollarda koʻrib chiqamiz.
- aprel uchun – 100 mln soʻm;
- may uchun – 500 mln soʻm;
- iyun uchun – 800 mln soʻm.
- aprel uchun – 1 100 mln soʻm;
- may uchun – 900 mln soʻm;
- iyun uchun – 700 mln soʻm.
- aprel uchun – 100 mln soʻm;
- may uchun – 1 500 mln soʻm;
- iyun uchun – 800 mln soʻm.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini har choraklik asosda hisoblab chiqarish va toʻlash huquqidan foydalanadigan soliq toʻlovchilar bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- hisobot yilining istalgan oyi uchun tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshmasligi kerak;
- soliq toʻlovchi toʻliq EHFga oʻtgan va hisobot choragining barcha oylari mobaynida EHFni qoʻllaydi.
Ushbu talablarga javob bermaydigan soliq toʻlovchilar QQS boʻyicha soliq hisobotini har choraklik asosda taqdim etish va soliqni toʻlash huquqidan mahrum boʻladi va har oylik asosda hisobotni topshirish va soliqni toʻlash tizimiga oʻtadi.
![]()