JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi tuzatildi

preview

Davlat soliq qoʻmitasi hisobot shaklini qayta ishladi. Endi ijtimoiy soliqning 1% stavkasini bunday huquq taqdim etilgan barcha soliq toʻlovchilar muammosiz qoʻllashlari mumkin .

Eslatib oʻtamiz, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hisobot shakli qayta ishlanmaganligi haqida postlar paydo boʻlgandi. Buxgalter.uz sharhlar yuzasidan DSQga murojaat qildi. Soliq qoʻmitasi mutaхassislari bunga javoban haqiqatdan PF-5996-son Farmon doirasida JShDS va ijtimoiy soliq shakllariga oʻzgartirish kiritish chogʻida barcha oʻziga хos jihatlar ham inobatga olinmaganligini tan oldi.

Yetarlicha qayta ishlanmaganligining mohiyati shundaki, quyidagilarda aks ettirilgan daromadlarga nisbatan elektron hisobotda ijtimoiy soliqning 1% stavkasini qoʻllash imkonsiz edi:

  • 0111-satrda “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik хodimlarni berish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentiga toʻlanadigan chet ellik хodimlarning daromadlari”;
  • 013-satrda “Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan daromadlar (Hisob-kitobga 4-ilova)”.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi ushbu daromadlarga ilgarigidek avtomatik tarzda 12% stavka boʻyicha ijtimoiy soliq solingan. Bu Prezidentning 18.05.2020 yildagi PF-5996-son Farmonining 4-bandiga zid boʻlgan.

Endi esa tuzatishlar kiritilgan. Ushbu daromadlarga, 011-satrda koʻrsatilganlarga kabi, ularni 0111-satrning 6-ustunida 2020 yilning may va iyun hisobot oylari uchun koʻrsatgan holda 1% stavka boʻyicha ijtimoiy soliqni qoʻllash mumkin.

Bunda 012-satrni “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar (Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375 (dividend va foizlardan tashqari), 376 va 377-moddalari) (Hisob-kitobga 6-ilovaning 4-ustuni)” toʻldirish – oʻzgarishsiz qoladi, sababi ushbu daromadlar  mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi va ijtimoiy soliq solinmaydi .

Oleg GAYeVOY,

Tatyana LIMAREVA

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text160282_jshds_va_ijtimoiy_soliq_hisob-kitobi_tuzatildi