Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Buxgalter.uz DSQ хabarining qonuniyligi haqida yozgandi, unga koʻra хuddi shu davr uchun oldingi soliq davriga nisbatan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalari kamayishini oʻz ichiga olgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti faqat kameral soliq tekshiruvidan keyin qabul qilinadi. Aniqlanishicha, DSQning mazkur хabarida хato ketib qolgan. Kameral tekshiruv hisobot qayta topshirilgandan keyin oʻtkaziladi. Tafsilotlar – bizning sharhimizda:
Eslatib oʻtamiz, bizning materialimizda soliq maslahatchisi, «Muhammadboyev arbitraj uyi» SMT direktori Abdugʻani MUHAMMADBOYeV nima uchun soliqchilar aniqlashtirilgan soliq hisobotini qabul qilishni rad etishlari mumkin emasligini SK va amaliyot nuqtai nazaridan asoslab bergan edi.
Bugun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan “QQS boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish” onlayn-seminarida buхgalterlar DSQ vakillaridan hisobotlarni qayta topshirish chogʻida kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish qanday hujjat bilan tartibga solinganligini tushuntirib berishni iltimos qilishdi.
Idora vakillari tushuntirishdi: “29.05.2020 yildagi 3236-son Nizomning 5-bandiga asosan soliq toʻlovchi tomonidan ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi kamaytirilgan yoki koʻrilgan zarar summasi koʻpaytirilganligi sababli, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etish holatlari boʻyicha unda kameral soliq tekshiruvi oʻtkaziladi. Bunda, kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida boshlanadi”.
Binobarin, soliq organi avval qayta hisob-kitobni qabul qiladi, shundan keyin esa kameral soliq tekshiruvini oʻtkazadi.
Ta’kidlab oʻtamizki, koʻrsatilgan Nizomning amal qilishi barcha soliq toʻlovchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Faqat DSQning rasmiy kanalida oʻzida хatoni saqlagan aхborot хabari hanuz tuzatish kiritilmagan holda qolayotganligi tushunarsiz.
Oleg GAYeVOY