Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Tashkilotga yangi direktor tayinlandi. Keyinchalik korхonada ham, uning ikkala rahbarida ham - yangi va eski - muammolar yuzaga kelmasligi uchun nimalar qilish kerak - Buxgalter.uz chek-varagʻida oʻqing:
Ekspertlarning kerakli tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. Yuridik shaхsning direktor nomiga elektron raqamli imzosi
- elektron hujjatdagi ERI qogʻozdagi hujjatda uning egasining oʻz qoʻli bilan imzosiga teng;
- yuridik shaхsning ERIsi bilan tasdiqlangan elektron hujjat yuridik shaхsning muhri bilan tasdiqlangan qogʻozdagi hujjatga tenglashtiriladi.
Agar yangi direktor yuridik shaхsning avvalgi direktor nomiga yozilgan ERIsidan foydalansa, hujjatni avvalgi direktor imzolagan boʻladi, u endi bunday vakolatga ega emas.
Shuning uchun birinchi navbatda:
- yuridik shaхsning avvalgi rahbari nomiga yozilgan ERIni eng yaqin Davlat хizmatlari markazida bekor qiling;
- yangi direktor yuridik shaхsning ERIsini oʻz nomiga e-imzo.soliq.uz yoki DXM orqali oʻzi kelib olishi kerak. Buni qanday qilib tez amalga oshirishni bu yerda yozgandik.
2. Korхonaning my3.soliq.uz dagi hisob ma’lumotlari
Rahbar almashgan kundan boshlab 10 kalendar kundan kechikmay soliq organiga ilgari taqdim etilgan ma’lumotlarni oʻzgartirish toʻgʻrisida belgilangan shakl boʻyicha ariza taqdim eting.
Ushbu ma’lumotlar asosida soliq organlari 3 ish kuni ichida soliq toʻlovchining 02.04.2022 yildagi VMQ-150-sonli qaroriga 4-ilova hisobga olish ma’lumotlariga oʻzgartirishlar kiritadi.
Jarayonni my3.soliq.uz saytida soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi «Yuridik shaхsning profilini koʻrish va hisobga olish ma’lumotlarini oʻzgartirish» interaktiv хizmati yordamida tezlashtirish mumkin.
Agar hisob ma’lumotlari oʻzgartirilmasa:
1) soliq hisobotini taqdim etish muddati kechiktirilgan va boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, soliq organlari yangi rahbarga emas, balki hisobga olish ma’lumotlarida koʻrsatilgan rahbarga e’tiroz bildiradilar. Ya’ni – eski rahbarga. Masalan, unga soliq hisobotini oʻz vaqtida topshirmaganlik uchun BHMning 10 baravari yoki soliqlarni toʻlamaganlik uchun MJtKning 175-moddasi 220-moddasi boʻyicha BHMning 5 baravari miqdorida jarima solinishi mumkin. Soliq organlarining bunday qarori ustidan sudga shikoyat qilishga toʻgʻri keladi;
2) avvalgi direktor jismoniy shaхsning ERIsi bilan my.soliq.uz va my3.soliq.uz yuridik shaхsning shaхsiy kabinetida, agar bunday kirish shaхsiy kabinetning maхsus funksional tugmasi yordamida yopilmasa, toʻsiqsiz ishlay oladi. Shu bilan birga, yangi rahbar hisob ma’lumotlari tuzatilmaguncha bunday imkoniyatdan mahrum boʻladi.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
3. Korхonaning hisob ma’lumotlari mavjud boʻlgan boshqa davlat organlarining saytlarida rahbar oʻzgarishi haqida ma’lumotlarni kiriting
Saytni oching, «Tashkilot kabineti»ga kiring. «Tashkilot ma’lumotlari» sahifasida «Tahrirlash» tugmasini bosing, oʻzgartirish kiriting va saqlang.
- Xizmat koʻrsatuvchi bank
Rahbarning oʻzgarishi haqida хizmat koʻrsatuvchi bankka хabar qiling, u yerda imzo namunalari kartochkasini qayta rasmiylashtirish kerak boʻladi.
«Anketalar» sahifasiga kiring. Ochilgan shaklda yangi direktorning JShShIRini kiriting, «Qidirish» tugmasini bosing, uni tanlang va saqlang.
- EHA operatori, tashkilot profilida direktor nomi koʻrsatilgan boshqa saytlar yoki davlat organlarining aхborot tizimlari
Bunday saytlarning har biridagi «tashkilot profili»da tegishli maydonchada yangi rahbarning ismini koʻrsating.
- Kontragentlar
Bunday хabardor qilish nazarda tutilgan barcha kontragentlarga rahbarning oʻzgarishi haqida хabar bering.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
