9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona nafaqat oʻz xodimlarining, balki u bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan shaxslarning davolanishi uchun ham haq toʻlashi mumkin. Misol uchun – muassisning. Buni qanday amalga oshirish mumkin va bunda qanday soliq oqibatlari vujudga keladi? “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA buxgalter.uz uchun maxsus amaliyotda ehtimoli boʻlgan variantlar haqida gapirib berdi:
- Davolanish uchun haq toʻlash – xodimning moddiy naf tarzidagi daromadidir
. Shu bois daromadga nisbatan imtiyoz – JShDS soligʻini solishdan ozod etish nazarda tutilgan
. Imtiyozni quyidagi shartlarda qoʻllash mumkin:
1) daromad faqat xodimlar va ularning bolalariga toʻlanishi kerak;
2) toʻlov naqdsiz shaklda amalga oshirilganda mablagʻlar faqat sogʻliqni saqlash tashkilotiga oʻtkaziladi. Bunda qonunchilik sogʻliqni saqlash muassasasini xususiy va davlat muassasalariga ajratmaydi;
3) pul mablagʻlarini naqd shaklda berish yoki xodimning bank hisobvaragʻiga oʻtkazish faqat sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Davolanish uchun oʻtkazilgan summaga ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi ushbu daromad mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi
.
Faraz qilaylik, korxona muassisi uning xususiy klinikada davolanishi uchun 2 000 ming soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirish uchun shartnomani taqdim etdi. Ehtimoliy toʻlov variantlarini koʻrib chiqamiz.
1. Korxona oʻz xodimi hisoblangan muassisning davolanishi uchun haq toʻlaydi
Mazkur holatda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkin.
Korxona uchun muassisning davolanishi uchun haq toʻlash qoʻshimcha xarajat boʻladi. Foyda soligʻi toʻlovchilari uchun bu chegirilmaydigan xarajatdir
.
2. Korxona oʻz xodimi hisoblanmagan muassisning davolanishi uchun haq toʻlaydi
Bu holda davolanish uchun haq toʻlashda JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkin emas, muassis soliqni 12% stavka boʻyicha toʻlashi lozim boʻladi.
Muassis soliqni daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida oʻzi toʻlashi haqida ariza yozishi mumkin
.
Korxona uchun soliq oqibatlari – xuddi birinchi holatdagi kabi boʻladi.
3. Korxona muassisning davolanishi uchun uning dividendlari hisobidan haq toʻlaydi
Muassis, boshqalar qatorida, oʻziga toʻlanishi lozim boʻlgan dividendlarni uning arizasiga binoan mablagʻlarni boshqa tashkilotlarga, shu jumladan – davolash muassasasiga oʻtkazish yoʻli bilan olishi mumkin.
Bunda unutmaslik joizki, dividendlar tarzidagi daromaddan olinadigan JShDS daromadni toʻlash bilan bir vaqtda ushlab qolinadi
. Ya’ni davolanishga 2 000 ming soʻm miqdorida haq toʻlash bilan bir vaqtda byudjetga 105,3 ming soʻm (2 000 : 0,95 x 0,05) miqdorida soliqni oʻtkazish lozim.
Mazkur holatda JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi, sababi korxona davolanish uchun haq toʻlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlar qilmaydi, balki mazkur imtiyoz tatbiq etilmaydigan dividendlarni toʻlaydi.
![]()