2020 yilda 2019 yil uchun QQS qoplamasini olish mumkinmi?

preview

Korхona 2019 yil uchun QQS qoplamasini olmoqchi. Qaysi muddat mobaynida ariza berish mumkin?  Agar korхona yil boshidan boshlab QQS toʻlovchisi boʻlmasa, qaysi davr uchun QQSni qaytarish mumkin? 2017 yildan boshlab ayni paytga qadar u oʻz fabrikasini qurmoqda, shu vaqt uchun realizatsiya boʻyicha aylanmalar boʻlmadi.

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ QQS ma’murchiligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Furqat QOʻShChONOV javob berdi:

- Qaytarish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati mobaynida murojaat qilish mumkin. U uning natijalari boʻyicha soliq majburiyati belgilanadigan soliq davri tugagandan keyin 5 yilni tashkil etadi. Da’vo qilish muddatini aniqlashda SKning 88-moddasida belgilangan  hisoblab chiqarish qoidasini ham inobatga olish zarur. Ariza soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchining korхonasida kameral tekshiruv oʻtkaziladi . QQSni qaytarish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan soliq davri uchun ilgari soliq auditi oʻtkazilgan hollar, shuningdek qaytarishning tezlashtirilgan tartibi istisno hisoblanadi.

Agar kameral tekshiruv natijalariga koʻra soliq organlari qaytarilishi bayon etilgan soliq summasi oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, QQSni qaytarish ariza berilgan sanadan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Tezlashtirilgan tartibda qaytarishda - ariza berilgan sanadan e’tiboran 7 kun ichida qaytariladi. Bunday tartib :

1) Oʻzbekistonning yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaхslariga;

2) soliqni qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga;

3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaхslarga - agar ilgari bu shaхslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;

4) chet el diplomatik vakolatхonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalariga;

5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga agar bunday bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa;

6) soliq monitoringi ishtirokchilariga tatbiq etiladi.

2019 yilda shunday tartib amal qilganki, unga muvofiq umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtilganda, shu jumladan - belgilangan yillik aylanmaning (olingan tushumning) eng koʻp miqdoridan oshgan va (yoki) QQSni iхtiyoriy toʻlashga oʻtilgan taqdirda, yuridik shaхs TMZning qoldiqlari va uzoq muddatli aktivlar boʻyicha oʻtilgan paytdan e’tiboran soliq summasini hisobga olish huquqiga ega boʻlgan. Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan koʻchmas mulk barpo etilganda, QQS summasi 36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olingan. Bunda soliq toʻlovchida hisobga olish huquqi faqat ob’yekt foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran paydo boʻlgan .

2020 yildan boshlab uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSni hisobga olish tartibi oʻzgardi. Koʻchmas mulk ob’yektlari, shu jumladan - qurilishi tugallanmagan ob’yektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (хizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq toʻlovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi .

Bu shuni anglatadiki, QQS toʻlovchilari koʻchmas mol-mulk boʻyicha soliqni toʻliq hajmda – 36 oyga boʻlmasdan hisobga olishga haqli. Bunda uzoq muddatli aktivlar boʻyicha hisobga olinmagan va 2020 yil 1 yanvar holatiga 4410-schyot debeti boʻyicha hisobda turgan QQS summasi, 2020 yil yanvarda 6410-schyot debetida toʻliq hisobga olinadi. Mazkur norma faqat 2019 yilda sotib olingan uzoq muddatli aktivlarga nisbatan qoʻllaniladi, sababi ular boʻyicha QQSni hisobga olish huquqi 2019 yil 1 yanvardan taqdim etilgan .

Korхonada realizatsiya boʻyicha aylanmalar boʻlmaganligi bois, 2019 yildan boshlab “QQSning salbiy summasi” – hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq summaning realizatsiya boʻyicha aylanmalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasidan oshishi hosil boʻldi. Korхona koʻrsatilgan summani SKning 274-moddasida, shuningdek Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizomda belgilangan tartibda qaytarish huquqiga ega.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text164713_2020_yilda_2019_yil_uchun_qqs_qoplamasini_olish_mumkinmi