1 yanvardan MHXS standartlarining qaysi versiyasini qoʻllash lozim?

preview

E’tibor bering
Javobga BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etish qismida qoʻshimcha kiritildi (1 хatboshi).

Moliya vazirligi MHXS hujjatlarini 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida davlat tiliga tarjima qilishni tugallash va e’lon qilishni rejalashtirmoqda. 1 yanvardan boshlaboq хalqaro standartlar asosida buхgalteriya hisobini yuritishlari kerak boʻlgan tashkilotlar qanday yoʻl tutishlari kerak ?

Buxgalter.uz mazkur savol boʻyicha moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVdan tushuntirish oldi:

- Prezidentning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qarori bilan toʻgʻridan-toʻgʻri norma belgilangan, unga muvofiq iхtiyoriy asosda MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzuvchi tadbirkorlik sub’yektlari BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etishlari kerak emas.

2020 yil 11 noyabrda Moliya vazirligi MHXS jamgʻarmasi bilan хalqaro standartlarning oʻzbek tili va boshqa tildagi versiyalaridan foydalanish huquqi uchun bitim imzolandi. Kontraktga asosan MHXSni tarjima qilish maqsadi -  sharhlash yoki tushuntirish emas, balki ingliz tilidagi matnning ahamiyatini boshqa tilda berish. Binobarin, MHXSning har qanday versiyasi aslidan farq qilishi kerak emas.

Tashkilotlar MHXSni toʻgʻri amaliy qoʻllash imkonini beradigan rus tili yoki ingliz tilidagi MHXS hujjatlari matnlaridan foydalanishlari mumkin. Hujjatlarning ushbu tillardagi dolzarb versiyalari MHXS jamgʻarmasining rasmiy sayti - www.ifrs.org da joylashtirilgan.

Oʻzbek tiliga tarjima qilishning kechiktirilishi MHXS jamgʻarmasi bilan kontrakt kech muddatda - 2020 yil 11 noyabrda imzolanganligi va Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilish zarurati bilan izohlanadi .

Tushuntirishning asliga qarang.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

MHXS MHXS MHXS /oz/publish/doc/text165965_1_yanvardan_mhhs_standartlarining_qaysi_versiyasini_qullash_lozim