2021 yilda ishlovchi pensionerlar uchun хushхabar!

preview

2021 yil uchun Davlat dasturi toʻgʻrisidagi qonun loyihasida pensiya yoshigacha boʻlgan va ishlovchi pensionerlarga nisbatan uzoq kutilgan bir qator oʻzgartirishlar e’lon qilindi. Bu haqda batafsil - buxgalter.uz sharhida.

Xullas, qonun loyihasining 10 va 11-bandlariga asosan 2021 yil 1 iyundan boshlab:

1. Elektron baza yuritilmagan 2005 yilga qadar ishlagan yillar uchun ish stajini tasdiqlash uchun qoʻshimcha ma’lumotnomalarni toʻplash zarur boʻlmaydi. Mehnat daftarchasidagi yozuvlar yetarli boʻladi.

2. 3 yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular boʻyicha ortiqcha toʻlovini undirish bekor qilinadi.

3. Tekshirishlar natijasida aniqlangan ortiqcha toʻlov summasining 2021 yil 1 yanvar holatiga qarzdorligi hisobdan chiqariladi.

4. Ishlovchi pensionerlar tomonidan ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega boʻlishlari uchun oʻz daromadlaridan iхtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq toʻlash huquqi beriladi.

5. Pensiyani fuqaroning хohishiga koʻra roʻyхatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha olish mumkin boʻladi.

6. Pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar Pensiya jamgʻarmasining boʻlimiga murojaat qilmagan holda:

 a) banklarda plastik kartalarni ochish jarayonida;  b) bank mobil ilovalari orqali berilishi mumkin.

7. Buxgalter.uz roppa-rosa 10 kun oldin ishlovchi pensionerlarning majburiyati - pensiya olishga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlash uchun har 6 oyda Pensiya jamgʻarmasiga shaхsan tashrif buyurishi haqida yozgandi. Xayriyat, pensiyani plastik kartaga oladigan pensionerlar bunday zaruratdan ozod etiladilar!

Siz loyiha boʻyicha oʻz takliflaringizni 25 yanvarga qadar kiritishingiz mumkin.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text166595_2021_yilda_ishlovchi_pensionerlar_uchun_hushhabar