9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq.uz saytida shartnoma tuzishdan oldin kontragentning toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilganligini tekshirish imkonini beruvchi xizmat mavjud.
Undan Soliq kodeksining 15-moddasiga asosan «lozim darajadagi ehtiyotkorlik» maqsadida foydalanish zarur. Bugungi kunda «QQS boʻyicha qora roʻyxatda» – 7 956 ta korxona mavjud.
Xizmatdan qanday foydalanish mumkinligi haqida buxgalter.uz saytining qadamma-qadam yoʻriqnomasida oʻqing:
Ekspertlarning zarur tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Materiallardan nusxa koʻchirish va ulardan foydalanishga faqat manbaga faol havola mavjud boʻlganda yoki tahririyatning yozma ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Potensial hamkorni tekshirish uchun:
1) havolaga oʻting;
2) kontragentning STIR raqamini koʻrsating;
3) CAPTCHA tekshiruv kodini kiriting;
4) «Qidirish» tugmasini bosing.
Natijani soʻrov shaklidan quyiroqda koʻring.
Agar «roʻyxatda mavjud emas» xabari chiqsa – unga ham, sizga ham omad kulib boqqanini bildiradi! Ushbu mezon boʻyicha boʻlajak hamkoringiz ishonchli.
Biroq, agar jadvalda korxonaning nomi, STIRi, roʻyxatdan oʻtgan hududi va toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan korxonalar roʻyxatida qayd etilgan raqami aks etsa – bu achinarli hol....
Nima uchun korxonalar QQS boʻyicha «qora roʻyxat»ga tushadi
Har bir noinsof korxonaning roʻyxatga tushish sababi turlicha. Bular quyidagilar boʻlishi mumkin:
- tashkil etilgan va faoliyat koʻrsatayotganiga 1 yildan kam boʻlgan, bir vaqtning oʻzida 2 va undan ortiq tadbirkorlik sub’yektining muassisi (rahbari) boʻlgan bitta jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan tashkilotlarda 100 mln soʻmdan ortiq miqdorda bajarilmagan soliq majburiyatlarining mavjudligi;
- tashkil etilgan paytdan boshlab qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ishlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish, rasmiy ravishda band boʻlgan xodimlar sonini kamaytirib koʻrsatish;
- rasmiylashtirilmagan (kirimga olinmagan) tovarlarni saqlash, foydalanish va sotish;
- sotish uchun moʻljallangan yuqori likvidli tovarlar (shu jumladan import tovarlar) qoldiqlarida aks ettirish, ularni uzoq vaqt davomida sotmaslik va katta qoldiqlar mavjud boʻlganda, keyinchalik ushbu turdagi tovarlarni sotib olish;
- bajarilmagan soliq majburiyatlari boʻlgan boshqa tadbirkorlik sub’yektlarini oʻz tarkibiga qoʻshish natijasida bankrotlikni boshlash;
- soliq toʻlovchining koʻrsatilgan joylashuv manzili quyidagilar bilan mos kelishi:
– bankrot deb topilgan 3 va undan ortiq yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida joylashuv manzili sifatida koʻrsatilgan manzil bilan;
yoki
– soliq toʻlashdan boʻyin tovlash xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilarning joylashuv manzillari bilan;
- huquqni suiiste’mol qilish yoki qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) bitimlar tuzish orqali soliqlarni qisman toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik.
Bu roʻyxatga tushish korxona uchun nima bilan xavf soladi
«Noinsof» soliq toʻlovchilar roʻyxatiga kiritilganlarga QQS toʻlovchisi guvohnomasi bekor qilinishi xavf soladi.
Bunday korxonalarda va ularning kontragentlarida QQS summasi hisobga olinmasligi mumkin.
![]()