Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Xodim oilasida yangi farzand tugʻilganini ma’lum qildi. Biz unga qanday miqdordagi toʻlovni amalga oshira olamiz? Qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Farzand tugʻilishi munosabati bilan bir martalik nafaqani oila ham davlatdan, ham ish beruvchidan olishi mumkin. Toʻlov shartlari haqida buxgalter.uz sharhida oʻqing:
Mutaхassislarning zarur tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. Davlatdan bir martalik nafaqa
Uni toʻlash tartibini alohida Ma’muriy reglament tartibga soladi.
Nafaqa berishga mas’ul boʻlgan «Xalq banki» yangi tugʻilgan chaqaloq haqidagi ma’lumotlarni FHDYo organlari tomonidan tugʻilishni roʻyхatga olishda oladi. Shuning uchun tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgandan soʻng darhol «Xalq banki»ning istalgan filialiga – bola tugʻilgan kundan boshlab 1 oy ichida murojaat qilish mumkin.
Nafaqa murojaat qilingan kuni toʻlanadi va MHEKMning 70,3%ni tashkil qiladi (1 155 000 soʻm х 70,3% = 811 965 soʻm)
.
2024 yil aprelidan boshlab bir martalik nafaqa faqat birinchi farzand uchun beriladi
. Ikkinchi farzand uchun u faqat ikkinchi farzand tugʻilgan paytda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan onalarga tayinlanadi. Uchinchi va keyingi farzandlar uchun nafaqa nazarda tutilmagan.
Suyunchi jismoniy shaхsning jami daromadiga kiritilmaydi va shu sababli, soliqqa tortilmaydi
.
2. Ish beruvchidan «mukofot»
Farzand tugʻilishi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan beriladigan moddiy yordam «boshqa» daromadlarga kiradi
va soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha boʻlgan summada soliqqa tortilmaydi (nashr kunida bu 4,22 х 1 155 000 soʻm = 4 874 100 soʻm).
E’tibor bering
Ish beruvchi koʻrsatilgan summadan ortiqcha ham moddiy yordam bera oladi, lekin faqat 4,22 MHEKMning 4,22 baravariga teng qismi JShDS bilan soliqqa tortilmaydi. Tugʻilgan bolalar soni ahamiyatga ega emas. Moddiy yordam yangi tugʻilgan chaqaloqning ham onasiga, ham otasiga koʻrsatilishi mumkin.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi