Elektron shakldagi ishonchnoma majburiymi

preview

Yetkazib beruvchidan tovar oldik. Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirdik. Biroq yetkazib beruvchining buxgalteriyasi ishonchnomani qogʻoz shaklida talab qilmoqda. Barcha oʻtgan yildan boshlab EHFga oʻtganligini hisobga olgan holda kontragentning talabi qonuniymi?

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist   Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi: 


- Kontragentning talabi qonunchilikka zid emas, biroq ishonchnomaning elektron shakliga yoʻl qoʻyiladi. 

2020 yil 30 iyundan boshlab TMB olish uchun ishonchnomalar berish bilan bogʻliq masalalar 4-son BHMS "Tovar-moddiy zaxiralar" bilan tartibga solinadi.

Bunda Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2020 yil 1 iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilgan .

Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar tashkilot ixtiyoriga koʻra belgilangan shakllar boʻyicha rasmiylashtiriladi :

  • 4-son BHMSga 1-ilova - agar berilgan ishonchnomalar Ishonchnomalar daftari koreshogida hisobga olinsa;
  • 4-son BHMSga 2-ilova - agar berilgan ishonchnomalar Ishonchnomalar jurnalida hisobga olinsa.

Ishonchnoma tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.

E’tibor bering!
4-son BHMSning 95-bandida tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, ishonchnoma axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Elektron ishonchnoma 4-son BHMSning 1 va 2-ilovalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. U mas’ul shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

E’tibor bering!
Elektron ishonchnomalarni saqlashda ularni olish va qogʻoz shaklidagi nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlangan boʻlishi shart .

Shu tariqa, ishonchnoma axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.

Shuningdek, agar kontragent bilan shartnomada ishonchnomalar qanday tarzda - elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etilishi koʻrsatilsa, nizolarni oldini olish mumkin, deb hisoblaymiz.

E’tibor bering!
Ishonchnomalarni rasmiylashtirishning boshqa oʻziga xos jihatlari va muammolari haqida «Norma» ekspertlari – advokat Eleonora MAZUROVA va yurist Albert SAFINning tavsiyalarida oʻqing.


TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text167972_elektron_shakldagi_ishonchnoma_majburiymi