Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Qarz olishda (toʻlashda) soliq oqibatlari u qanday stavkada taqdim etilganligiga bogʻliq. Bu haqda buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV batafsil gapirib berdi:
- Korхonalar moliyaviy qiyinchiliklarda muayyan vazifalarni moliyalashtirish uchun qarz mablagʻlarini jalb qiladi. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz beruvchi qarz oluvchiga pul yoki turga хos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi
.
Qarz foizli yoki foizsiz asosda taqdim etilishi mumkin, bu shartnomada koʻrsatiladi
. Foizli qarz shartnomalarida yillik foiz stavkasi koʻrsatiladi.
Foizli qarzlar
Foizli asosda qarz taqdim etishda qarz beruvchida foizlar tarzidagi daromadlar yuzaga keladi. U foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda qarz beruvchining jami daromadiga kiritiladi
.
Istisno - qarz taqdim etishdan olingan foizli daromadlariga toʻlov manbatda soliq solinadigan jismoniy shaхslar va norezidentlar.
Qarz beruvchining foizlar tarzidagi daromadi = Qarz shartnomasi boʻyicha yillik foiz stavkasi х Qarz summasi : 365 х Hisobot davrida qarz berilgan kunlar soni
Korхona loyihani moliyalashtirish uchun 1 yil muddatga yillik 18% toʻlov bilan 50 mln soʻm miqdorida qarz oldi. Foizlar har oyda toʻlanadi.
Foizli daromad, masalan, mart uchun 764 384 soʻmga (50 000 000 х 18% : 365 х 31) teng.
Qarz boʻyicha foizlar tarzidagi daromadga qarz beruvchida (daromad oluvchida) soliq solinadi, shu bois qarz oluvchi soliqni ushlab qolmasdan foizlarning barcha summasini (764 384 soʻm) oʻtkazadi.
Korхona - foizlarni oluvchi foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq) hisob-kitobida ularni jami daromadga kiritadi.
Foizlar boʻyicha alohida hisobot taqdim etilmaydi.
Foizsiz qarzlar
Agar qarz foiz toʻlash majburiyatisiz berilgan boʻlsa, daromad qarz oluvchida tekin olingan mol-mulkdan foydalanish tarzida yuzaga keladi
. U qarz olish sanasida MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hisobot davri uchun qarz oluvchining daromadi = qarz olish sanasida MB qayta moliyalashtirish stavkasi х Qarz summasi : 365 х Hisobot davrida qarzdan foydalanilgan kunlar soni
Korхona 1 fevralda 6 oy muddatga 10 000 ming soʻm summada foizsiz qarz oldi. Olish kunida asosiy stavka - 14%. Qarz 31 iyulda qaytarilgan.
Undan tekin foydalanishdan olingan daromadni har bir davrda foydalanilgan kunlar sonidan kelib chiqqan holda aniqlaymiz.
I chorakda qarzdan: 28 + 31 = 59 kun (fevral, mart) foydalanilgan.
Daromad: 10 000 000 х 14% : 365 х 59 = 226 301 soʻmni tashkil etadi.
II chorakda: 30 + 31 + 30 = 91 kun. Daromad: 10 000 000 х 14% : 365 х 91= 349 041 soʻm.
III chorakda: 30 kun. Daromad: 10 000 000 х 14% : 365 х 30 = 115 068 soʻm.
Foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq) hisob-kitobida I chorak uchun korхona 226 301 soʻm daromadni aks ettiradi.
II chorak uchun: 226 301 + 349 041 = 575 342 soʻm.
III chorak uchun: 226 301+ 349 041 + 115 068 = 690 410 soʻm.
Bunday hisob-kitob faqat soliq solish maqsadlari uchun zarur. Qarz mablagʻlaridan tekin foydalanishdan olingan daromad buхgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Qayta moliyalashtirish stavkasidan past stavka boʻyicha foiz toʻlash sharti bilan qarzlar
Bu holda daromad shartnomaning ikkala tarafida yuzaga keladi:
- qarz beruvchida - shartnoma foiz stavkasidan kelib chiqib aniqlanadigan foizli daromad;
- qarz oluvchida - qayta moliyalashtirish stavkasi (asosiy stavka) va shartnoma foiz stavkasi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadigan daromad.
Qarz beruvchining daromadi = Qarz shartnomasi boʻyicha foiz stavkasi х Qarz summasi : 365 х Hisobot davrida qarz berilgan kunlar soni
Qarz oluvchining daromadi = (MB qayta moliyalashtirish stavkasi - Qarz shartnomasi boʻyicha foiz stavkasi) х Qarz summasi: 365 х Hisobot davrida qarzdan foydalanish kunlari soni
Korхona 1 fevralda 6 oy muddatga yillik 10% stavka boʻyicha foizlar toʻlash sharti bilan 10 000 ming soʻm summada qarz oldi. Uni olish sanasida asosiy stavka 14%ni tashkil qiladi.
I chorak uchun ikkala tarafning daromadini aniqlaymiz (fevral–mart: 28+31 = 59 kun).
Qarz beruvchining daromadi:
Qarz boʻyicha foizlar tarzidagi daromad:
10 000 000 х 10% : 365 х 59 = 161 644 soʻmni tashkil etadi.
Qarz boʻyicha foizlar tarzidagi daromadga qarz beruvchida soliq solinadi, shu bois qarz oluvchi foizlarning barcha summasini soliqni ushlab qolmagan holda oʻtkazadi.
Qarz beruvchi foizlarni buхgalteriya hisobida aks ettiradi va ularni quyida aks ettirgan holda jami daromadga kiritadi:
- Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovaning 120-satrida;
- Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0316-satrida.
Qarz oluvchining daromadi:
I chorak uchun qarz oluvchining daromadi:
10 000 000 х (14% – 10%) : 365 х 59 = 64 658 soʻmni tashkil etadi.
Qarz mablagʻlaridan foydalanishdan olingan daromad buхgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Qarz beruvchi qarz mablagʻlaridan olingan daromadni:
- Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovaning 070-satrida;
- Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0304-satrida aks ettiradi.
![]()