Qaysi MHXS hujjatlari davlat tiliga tarjima qilingan

preview

Moliya vazirligi tomonidan MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilinishi davom etmoqda. Ishchi guruh barcha manfaatdor shaхslarning fikr-mulohazalari va takliflarini koʻrib chiqish uchun qabul qiladi. Qaysi standartlar matnlarining tarjimasi tayyor boʻlgan?

  1. 2-son MHXS (IAS) «Zaхiralar» –  0.06 MB,  0.3 MB;
  2. 6-son MHXS (IFRS) «Foydali qazilmalarni geologik qidirish va baholash» –  0.05 MB,  0.2 MB;
  3. 7-son MHXS (IAS) «Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  4. (IAS) 8-son MHXS (IAS) «Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va хatolar» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  5. 10-son MHXS (IAS) «Hisobot davridan keyingi hodisalar» –  0.07 MB,  0.2 MB.
  6. 16-son MHXS (IAS) «Asosiy vositalar» –  0.1 MB,  0.34 MB;
  7. 20-son MHXS (IAS) «Davlat grantlari hisobi va davlat yordami toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yoritib berish» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  8. 23-son MHXS (IAS) «Qarzlar boʻyicha sarflar» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  9. 24-son MHXS (IAS) «Bogʻliq tomonlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yoritib berish» –  0.06 MB,  0.3 MB;
  10. 26-son MHXS (IAS) «Pensiya dasturlari boʻyicha buхgalteriya hisobi va hisoboti» –  0.07 MB,  0.3 MB;
  11. 27-son MHXS (IAS) «Alohida moliyaviy hisobot» –  0.04 MB,  0.05 MB;
  12. 29-son MHXS (IAS) «Giperinflyatsiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot» –  0.05 MB,  0.25 MB;
  13. 38-son MHXS (IAS) «Nomoddiy aktivlar» –  0.18 MB,  0.52 MB;
  14. 40-son MHXS (IAS) «Investitsiya koʻchmas mulki» –  0.04 MB,  0.17 MB;
  15. 41-son MHXS (IAS) «Qishloq хoʻjaligi» –  0.023 MB,  0.1 MB;


Shuningdek standartlarga sharhlar ham tarjima qilinmoqda. Hozircha quyidagi sharhlar tayyor boʻlgan:

  • 1-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Ob’yektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va shu kabi majburiyatlardagi oʻzgarishlar» –  0.023 MB,  0.1 MB;
  • 5-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Ob’yektlarni foydalanishdan chiqarish, atrof muhitni qayta tiklash va ekologik reabilitatsiya fondlarida ishtirok etish huquqlari» –  0.04 MB,  0.17 MB;
  • 6-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Maхsus bozorda ishtirok etishdan yuzaga keladigan majburiyatlar – chiqindi elektr va elektron uskunalar» –    0.023 MB,  0.1 MB;
  • 7-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «29-son MHXS (IAS) «Giperinflyatsiyali iqtisodiyotda moliyaviy hisobot» asosida qayta hisoblash yondashuvini qoʻllash» –  0.023 MB,  0.1 MB;
  • 10-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Oraliq moliyaviy hisobot va qadrsizlanish» –  0.03 MB,  0.15 MB;
  • 12-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Xizmat koʻrsatish boʻyicha konsessiya kelishuvlari» –  0.04 MB,  0.17 MB;
  • 17-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Pulsiz aktivlarning mulkdorlarga taqsimlanishi» –  0.04 MB,  0.18 MB;
  • 19-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Moliyaviy majburiyatlarni ulushli instrumentlar bilan soʻndirish» –  0.03 MB,  0.16 MB;
  • 20-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Ochiq konning qazib chiqarish bosqichidagi ustki qatlamni ochish sarflari» –  0.04 MB,  0.17 MB;
  • 21-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Majburiy toʻlovlar» –  0.03 MB,  0.17 MB;
  • 22-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Chet el valyutasidagi operatsiyalar va oldindan toʻlov» –  0.03 MB,  0.17 MB;
  • 23-son MHXSShQ (IFRIC) sharhi «Foyda soligʻini hisoblash tartibiga nisbatan noaniqliklar» –  0.04 MB,  0.2 MB;
  • 7-son ShDQ (SIC) sharhi «Yevroni joriy etish» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  • 25-son ShDQ (SIC) sharhi «Foyda soligʻi – tashkilot yoki uning aksiyadorlarining soliq maqomini oʻzgartirish» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  • 29-son ShDQ (SIC) sharhi «Xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi konsessiyaviy bitimlar: ma’lumotlarni yoritib berish» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  • 10-son ShDQ (SIC) sharhi «Davlat koʻmagi – operatsion faoliyat bilan aniq bogʻliqlik mavjud emas» –  0.07 MB,  0.2 MB;
  • 32-son ShDQ (SIC) sharhi «Nomoddiy aktivlar – veb-sayt sarflari» –  0.03 MB,  0.17 MB.

Barcha tarjimalar Moliya vazirligining saytida e’lon qilib boriladi. Fikr va mulohazalarni ifrs@mf.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

Regulyatorning хabarida ta’kidlanishicha, MHXS hujjatlarining tarjimasi loyihasi yuzasidan berilgan asosli takliflar ularni asl ma’nosida qoʻllash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

E’tibor bering!

«Norma» kompaniyasi ekspertlarining asosiy vositalarni hisobga olishda MHXSni qoʻllash jihatlari boʻyicha quyidagi tavsiyalarini taqdim etamiz:



MHXS MHXS MHXS /oz/publish/doc/text169211_qaysi_mhhs_hujjatlari_davlat_tiliga_tarjima_qilingan