9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Qanday qilib buxgalteriya hisobi va soliq hisobotida QQSni muvofiqlashtirish mumkin
2020 yilda tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish elektron va qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturalar bilan rasmiylashtirilgan. Buxgalteriya hisobida (1S) realizatsiya qilish boʻyicha haqiqiy aylanma aks ettirilishi, soliq hisoboti esa faqat EHF ma’lumotlari boʻyicha shakllantirilishi tushunarli. Va natijada soliq hisobotlaridagi kiruvchi va hisoblangan QQS buxgalteriya hisobining haqiqiy ma’lumotlariga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Muammoni qanday hal qilish haqida, buxgalter.uz iltimosiga binoan «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi muassisi Natalya TURALINOVA gapirib berdi:
- DSXO 29-30 aprelda qandaydir sabablarga koʻra oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan - “unutilgan” EHFni taqdim etish imkoniyatini beradi. Shuningdek - EHF tizimiga oʻz vaqtida kiritish imkoniyati boʻlmagan qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda qayta taqdim etish imkoniyati. Agar siz bunga qaror qilsangiz, oxirgi 12 oy uchun QQS boʻyicha barcha soliq hisobotlarini qayta topshirishga toʻgʻri keladi. Bunda sizning qaysidir kontragentlaringiz tizimda boʻlmasligi mumkin. Masalan, DSXO “naqdlashtiruvchilar” deb hisoblaganlar (shubhali kontragentlar roʻyxati - bu yerda). Agar sizda ushbu yetkazib beruvchilar bilan haqiqiy bitim oʻtgan, ular boʻyicha toʻlangan kiruvchi QQS hisobga olingan boʻlsa, hisobotni qayta topshirishda siz uni yoʻqotasiz - ushbu kontragentlar shunchaki tizimda mavjud boʻlmaydi.
Agar siz ushbu jihatni inobatga olgan va baribir buxgalteriya hisobida aks ettirilgan QQSni soliq hisoboti ma’lumotlariga muvofiq keltirishga qaror qilgan boʻlsangiz, quyidagi algoritmdan foydalaning:
1. 1S da holat boʻyicha va soliq hisobotlarida EHF ma’lumotlari boʻyicha aks ettirilgan kiruvchi va chiquvchi hisobvaraq-fakturalar boʻyicha ma’lumotlarni solishtiring.
Misol:
|
Ma’lumotlar |
Aprel 2020 |
May 2020 |
||
|
Kiruvchi QQS |
Chiquvchi QQS |
Kiruvchi QQS |
Chiquvchi QQS |
|
|
1S |
10 000 000 |
18 000 000 |
15 000 000 |
22 000 000 |
|
EHF/soliq hisoboti |
6 000 000 |
11 000 000 |
10 000 000 |
18 000 000 |
|
Ogʻish |
4 000 000 |
7 000 000 |
5 000 000 |
4 000 000 |
2. Soliq hisobotida QQSni hisobga olishni tiklang.
Bizning misolimiz boʻyicha 1Sda kiruvchi QQS - EHFda aks ettirilganiga nisbatan koʻproq. Ogʻish summasi boʻyicha qogʻoz shaklida hisobvaraq-fakturalar olingan kontragentlar boʻyicha yetkazib beruvchilar roʻyxatini tuzing. Ular bilan bogʻlaning va xuddi shu hisobvaraq-fakturalarni endi faqat elektron shaklda taqdim etishlarini soʻrang. Sizning hisobga olishingiz toʻliq tiklanmasligi tushunarli - kimdir qayta taqdim etishni rad etadi, sababi oʻz realizatsiyasini bir tomonlama EHF bilan tartibga solgan, kimdir allaqachon korxonani yopgan. Bu holda EHF tizimida aks ettirilmagan qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturalar boʻyicha kiruvchi QQS haqiqatda korxonaning xarajatlari hisoblanadi.
3. Soliq hisobotida QQS hisoblanishini tiklang.
Albatta, bizning misolimiz ma’lumotlari boʻyicha asosiy xavf
shundan iboratki, korxonaning haqiqiy realizatsiyasi - soliq hisobotida aks ettirilganidan koʻproq. Baribir, ogʻish summasiga tayangan holda, “unutilgan” EHF taqdim etish yoki ilgari qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda qayta taqdim etish zarur boʻlgan sotib oluvchilar roʻyxatini tuzing.
DSQ call-markazida EHFni hatto bugungi kunda tugatilgan korxonalarga ham taqdim etish mumkinligini tasdiqlashdi. Bunda sotib oluvchi tomonidan bunday EHFni majburiy tasdiqlanishining hech qanday zarurati yoʻq. Shuni tushunish joizki, sotib oluvchining haqiqatda qilingan xaridlar boʻyicha EHFni qabul qilishni rad etishi amri maholdir, axir unda hisobga olish huquqi yuzaga keladi. Bunda sotib oluvchi tomonidan 10 kun muddatda rad etilmagan EHF tasdiqlangan hisoblanadi
.
4. Soliq hisobotida bir tomonlama hisobvaraq-fakturalar boʻyicha realizatsiya, jumladan toʻlov tizimlari (click, Payme va boshqalar) boʻyicha realizatsiya toʻgʻri aks ettirilganligini tekshiring.
5. Qaytarishlar va chegirmalarda QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatishlar kiritishga EHF rasmiylashtirilganligini tekshiring.
6. Tizimga realizatsiya boʻyicha boshqa aylanmalar boʻyicha EHF kiritilganligini tekshiring. Masalan, AVni realizatsiya qilish, dividendlarni tovar bilan toʻlash va h.k.
7. Soliq hisobotining yakuniy ma’lumotlari va 1S ma’lumotlarini e’tibor bilan tekshiring. Ular oʻrtasidagi tafovut qisqarishi kerak.
Qanday qilib osonroq bajarish mumkin
Buxgalteriya hisobini tiklash loyihalari boʻyicha biz tushunganmizki, korxona 2020 yil I chorakdan keyin qabul qilingan qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturalar boʻyicha hisobga olishlarning bir qismini yoʻqotgan. Soliq hisobotiga EHFni oʻtgan sana bilan tiklash asosida toʻgʻri tuzatish kiritishning texnik jihatdan imkoniyati boʻlmagan. Biz 2020 yil mobaynida sotib oluvchilar qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturalarni EHFga almashtirishni talab qilmaganliklariga e’tiborni qaratdik, ya’ni ular ham hisobga olishning qandaydir qismi bilan “xayrlashishgan”. Bu, qoidaga koʻra, QQS toʻlovchilari boʻlmagan - yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar. Bunda korxonaning realizatsiyasi pasayishini biz asosiy xavf deb hisobladik. Shu bois - bir tomonlama hisobvaraq-faktura bilan haqiqiy realizatsiya boʻyicha qoʻshimcha QQS hisoblashga qaror qildik.
Bugungi kunda buxgalterlarda soliq hisobotida EHF tizimida ma’lumotlarni tiklash orqali - toʻgʻri ma’lumotlarni aks ettirish imkoniyati mavjud.