9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Tayyorlov faoliyatidan QQS qanday hisoblab chiqariladi
Korxona kontraktatsiya shartnomasi asosida Oʻzbekiston korxonalari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlaydi. U QQS boʻyicha soliq solinadigan bazani qanday aniqlaydi?
Ushbu savol boʻyicha buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi:
- Tayyorlov korxonalari (tayyorlov faoliyati) uchun QQS boʻyicha soliq bazasini aniqlashning alohida tartibi nazarda tutilmagan. U umumiy asoslarda - soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi
.
Koʻpincha tayyorlov tashkilotlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishadi. Bu holda ular umumiy asoslarda QQSning nol stavkasini qoʻllaydilar
.
QQS toʻlovchisi boʻlgan tayyorlov tashkiloti xoʻjalikdan 150,0 mln soʻmlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qildi. Bunda xoʻjalik QQS toʻlovchisi hisoblanmaydi va tegishincha, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish QQSsiz amalga oshirilgan. Shuningdek, tayyorlov tashkiloti 92 mln soʻm summaga saqlash, tashish va h.k. boʻyicha xarajatlarga ham toʻlovni amaga oshirgan, shu jumladan kelib tushgan EHFga asosan QQS - 12,0 mln soʻm.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekiston doirasida realizatsiya qilishda QQS hisoblash zarur. QQS summasi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqariladi: yetkazib berish qiymati x 15%. Bunda:
Yetkazib berish qiymati = sotib olish qiymati (150 mln soʻm) + xarajatlar (80,0 mln soʻm) + tashkilotning foydasi (masalan, 30,0 mln soʻm) = 260,0 mln soʻm.
QQS summasi = 260,0 mln soʻm x 15% = 39,0 mln soʻm.
Shu tariqa, tayyorlov tashkiloti mahsulotni 299 mln soʻmga (260,0 + 39,0) sotadi.
Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS soliq solinadigan aylanma boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi va SKning 266-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Bizning misolimizda byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi 27,0 mln soʻmni (39 – 12) tashkil etadi.
