Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Oʻzbekiston korхonasi norezidentdan (Oʻzbekistonda doimiy muassasaga ega boʻlmagan) qarz oldi, biroq jadval boʻyicha foizlarni toʻlamadi. Agar ularni soʻndirish muddati kelgan boʻlsa, biroq haqiqatda toʻlov amalga oshirilmagan boʻlsa, foizlardan foyda soligʻi toʻlash zarur yoki zarur emasligini buxgalter.uz uchun MV bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV tushuntirdi:

– Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qarz majburiyatlari boʻyicha foiz tarzidagi daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab qolinishi soliq toʻlovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir toʻlovi paytida amalga oshiriladi
.
Oʻzbekiston korхonasi bu holda - soliq agenti
foizlar boʻyicha soliq stavkasi - 10%
.
Norezidentga daromadning har bir toʻlovi paytida soliq bazasini aniqlang. Soliq summasini norezidentga daromadni toʻlash sanasidagi MB kursi boʻyicha milliy valyutada hisoblab chiqaring
.
Daromadni toʻlash deganda (u amalga oshiriladigan joyidan qat’i nazar) quyidagilar tushuniladi:
- naqd pul va (yoki) naqd pulsiz shaklda pullarni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etish ulushini, tovarlarni, mol-mulkni berish;
- norezidentning daromadlariga nisbatan tuziladigan bitimlar (voz kechish haqi, bir turdagi qarama-qarshi talabnomani hisobga oʻtkazish, talab qilish huquqidan boshqa shaхs foydasiga voz kechish chogʻida hisobga oʻtkazish, novatsiya, qarzdan kechib yuborish);
- bajarishning imkoni boʻlmaganligi yoki qarzdor va kreditor ayni bir shaхs ekanligi tufayli daromadni toʻlash majburiyatining tugashi
.
Binobarin, agar foizlar korхonaning hisobida hisoblangan boʻlsa, biroq norezidentga toʻlanmagan boʻlsa (bunda foizlarni soʻndirish boʻyicha majburiyat saqlanib qoladi), siz - foizlar haqiqatda toʻlangunga qadar - soliq toʻlashingiz kerak emas.
.![]()