Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun subsidiya qanday olinadi

preview

24.02.2021yilagi 100-sonli VMQga muvofiq, sayohat tashkilotchilari Oʻzbekiston boʻylab sayohat uchun (ichki turizm) yoʻl chiptalari va mehmonxona xizmatlari narxining bir qismini subsidiya hisobidan qaytarib olishi mumkin. Buning uchun nima qilish lozimligi haqida  - buxgalter.uz sharhida.

Subsidiya olish uchun Turizm va sport vazirligiga yozma murojaat qiling 

Bunda:

  • arizachining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobvaraq rekvizitlarini koʻrsating.

Arizaga:

  • avia va temir yoʻl chiptalari uchun toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
  • shartnomaga ilova sifatida kiritiladigan sayyohlar shartnomalari, hisobvaraq-fakturalari va pasport ma’lumotlaridan iborat roʻyxat;
  • joylashtirish tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar toʻlovini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma ilovasida koʻrsatilgan turistlarning  pasport ma’lumotlari roʻyxati bilan ularning EHF, onlayn-NKT va toʻlov terminallari cheklari, bank toʻlov hujjatlari);
  • tur yoʻllanmalar nusxalarini ilova qiling.
E’tibor bering
Sentyabr oyi uchun subsidiya olishda 15 oktyabrgacha tasdiqlangan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiling.

Manbaga qarang

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text173195_uzbekiston_buylab_saehat_uchun_subsidiya_qanday_olinadi1