Pasport almashtirilganda YaMMTda ma’lumotlarni yangilash imkoniyati paydo boʻldi

preview

Yangi funksional xodim tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni, shuningdek yangilangan pasport ma’lumotlarini koʻra olish imkoniyatini yaratadi.

 

Xodimning shaxsiy kartochkasidagi ma’lumotlarni qanday yangilash mumkin:

1. Kerakli xodimni tanlab olib, uning kartochkasi ochiladi;

2. «Ma’lumotlarni yangilash» tugmasi bosiladi;

3. Ochilgan oynaga yangi pasport seriyasi va raqami kiritilib, «Yangilash» tugmasi bosiladi.

Yangilangan ma’lumotlar IIVning ma’lumotlar bazasidan xodimning shaxsiy kartochkasiga oʻtkaziladi, kadrlar boʻlimi mutaxassisiga faqat operatsiya toʻgʻri amalga oshirilganligini tekshirib koʻrish qoladi xolos.

«Pasport oʻzgartirilmaganda ma’lumotlarni yangilash» tugmasidan quyidagilarni amalga oshirish uchun foydalaniladi:

  • yashash manzilini oʻzgartirish;
  • xodimning shaxsiy ma’lumotlarida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatoliklarni tuzatish.

Masalan, xodim pasportini almashtirmagan, biroq uning doimiy yashash manzili oʻzgargan taqdirda, xuddi shunday tarzda:

1) pasport ma’lumotlarini kiritish;

2) «Pasport oʻzgartirilmaganda ma’lumotlarni yangilash» tugmasini bosish;

3) «CV/Ob’yektivka» boʻlimida ma’lumotlar oʻzgarganligini tekshirish lozim.

Shuningdek «CV/Ob’yektivka» boʻlimida xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi toʻgʻrisidagi yozuvlar qayd etilgan. Mehnat daftarchasidan koʻchirma qilishda ushbu yozuvlar unda qoʻshimcha ma’lumotlar sifatida aks ettiriladi.

Sizda YaMMTda ishlashda murakkabliklar yuzaga keladigan boʻlsa, TG-guruhda yoki Koʻmak xizmatining 71-200-70-30 telefon raqami orqali mutaxassisdan koʻmak soʻrang.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi.

 

Oʻzbekistondagi My.mehnat.uz portali: YaMMT mehnat uz, mehnat shartnomasi onlayn, elektron mehnat daftarchasi, portalda ro‘yxatdan o‘tish, mehnat shaxsiy kabineti My.mehnat.uz portali: onlayn shartnoma tuzish, elektron mehnat daftarchasini tekshirish, ariza topshirish va mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qanday kiritish mumkin. Barcha savollarga javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text173952_pasport_almashtirilganda_yammtda_malumotlarni_yangilash_imkoniyati_paydo_buldi