Vakolatxona qanday qilib chet ellik xodimlar daromadlariga soliqlar soladi

preview

Chet el kompaniyasi vakolatxonasida chet el fuqarolari ishlaydi, ularning mehnat qilishlari uchun ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgan. Agar xodimlar ish haqini bosh ofisda  olishsa, buni vakolatxonaning hisobotida aks ettirmasa boʻladimi?  Bunda soliq oqibatlari yuzaga keladimi? Savollarga DSQ Soliq solish metodologiyasi departamenti Soliq ma’muriyatchiligi metodologiyasi boshqarmasi boshligʻi Aziz UMIRZAKOV javob berdi:

 

- Chet ellik xodimlarning faoliyati vakolatxonaning Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatishi bilan bevosita bogʻliq. Chet elliklar mamlakatimizdagi manbadan daromad olishadi. Norezident boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekistonning ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi . Rezidentlar esa Oʻzbekistonda yoki uning  tashqarisida olingan barcha daromadlardan soliq toʻlashadi.

 

JShDS

Quyidagi jismoniy shaxslar JShDS toʻlaydilar:

  • Oʻzbekistonning rezidentlari;
  • Oʻzbekistondagi manbalardan daromad oluvchi norezidentlar .

Norezident boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxonalari soliq agentlari hisoblanadi , ular xodimlarning daromadlaridan JShDSni ushlab qolishlari, uni byudjetga toʻlashlari va hisobotda aks ettirishlari kerak. Soliq ushlab qolinmagan boʻlsa, vakolatxona soliq va penya summasini byudjetga kiritishi shart .

Chet elliklarning daromadlariga soliq solish tartibi ular Oʻzbekiston rezidentlari yoki norezidentlari ekanligiga bogʻliq. Umumiy qoidaga binoan tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekistonda haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. Jismoniy shaxsning rezidentligini aniqlashning oʻziga xos jihatlari SKning 30-moddasida belgilangan.

Jismoniy shaxslarning mehnat kontraktlari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlariga quyidagi stavka boʻyicha soliq solinadi:

  • 12% - rezidentlar uchun ;
  • 20% - norezidentlar uchun (SKda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holda)  .

 

ShJBPH

Oʻzbekistonda doimiy yashovchi, ya’ni yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolari jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega .

 

Ijtimoiy soliq

Chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari ijtimoiy soliqning soliq toʻlovchilari hisoblanadi . Soliq bazasi ish beruvchining mehnatga haq toʻlash xarajatlari summasi sifatida aniqlanadi   .

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text174372_vakolathona_qanday_qilib_chet_ellik_hodimlar_daromadlariga_soliqlar_soladi