9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Balansida avtotransport boʻlgan korxonalar, xususiy avtomobil egalari va professional tashuvchilar uchun 2021 yilda qonunchilikka qator muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi.
|
№ |
NHH |
Nima oʻzgartirildi |
Amal qilish muddati |
Sharhga havola |
|
1 |
09.08.2021 yildagi OʻRQ-706-son Qonun “Transport toʻgʻrisida” |
Hujjat transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirishni tartibga soladi |
Muddatsiz |
|
|
2 |
27.09.2021 yildagi 609-son VMQ “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” |
1 noyabrdan sugʻurta tovonini olish bir vaqtda 8 ta shartga rioya qilingan taqdirda YTH toʻgʻrisidagi xabarnomani DYHXX xodimining ishtirokisiz tuzish mumkin |
Muddatsiz |
|
|
3 |
14.09.2021 yildagi OʻRQ-714-son Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
Faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtotransport va avtomototransportni olib kirish, shu jumladan - vaqtinchalik olib kirish bojxona yigʻimi toʻlashdan ozod qilingan |
Muddatsiz |
|
|
Faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar 2020 yil 31 dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirishdan ozod qilingan |
2022 yil 1 yanvarga qadar |
|||
|
4 |
09.03.2021 yildagi 125-son VMQ “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab xorijiy davlatlarga chiqadigan transport vositalaridan tashqari barcha transport vositalariga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonlarni berish bekor qilindi. Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M1 toifadagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda tashkilotlar tomonidan harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibi joriy qilindi. Belgilanishicha, ishlab chiqarilganiga 6 yildan (ilgari - 5 yil) koʻp boʻlmagan transport vositalari har 2 yilda, ishlab chiqarilganiga 6 yildan ortiq boʻlgan yoki ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari – bir yilda 1 marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi |
Muddatsiz |
|
|
5 |
07.05.2021 yildagi PQ-5108-son qaror “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Eksperiment tariqasida yoʻlovchilarni yengil avtotransportda tashish faoliyati quyidagi tarzda tartibga solindi: 1) litsenziya varaqasiga ega boʻlish zarur. Uni 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega avtomobil transporti mavjud boʻlgan YaTT olishi mumkin; 2) texnik koʻrikdan oʻtkazish - 6 oyda kamida 1 marotaba; 3) tibbiy koʻrik - har oyda; 4) yengil avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi; 5) yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning 1 barobari miqdorida undiriladi; 6) yakka tartibdagi tashuvchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi YaTTlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydilar |
2022 yil 31 dekabrga qadar |
|
|
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tashuvchilar faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda ishlaydi. |
Muddatsiz |
|||
|
Yoʻlovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi talablar 2023 yil 1 yanvarga qadar toʻxtatib turiladi |
2023 yil 1 yanvarga qadar |
|||
|
6 |
17.03.2021 yildagi PQ-5031-son qaror “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi |
Muddatsiz |
|
|
7 |
19.08.2021 yildagi PQ-5225-son qaror “Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
1) Yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini Oʻzbekistonga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yigʻimining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllanilishi belgilandi:
2) YeI mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan transport vositalarining Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilindi:
|
2025 yil 1 yanvarga qadar |
|
|
8 |
29.06.2021 yildagi 399-son VMQ “Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Hujjat litsenziyalash uchun talablar va haydovchilarning malakasiga qoʻyiladigan talablarni belgiladi. Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplomlar va sertifikatlar namunalari tasdiqlandi |
Muddatsiz |
|
|
9 |
4.05.2021 yildagi 272-son VMQ “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
Xususiy NTMlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berildi |
Muddatsiz |
|
|
10 |
9.04.2021 yildagi OʻRQ-688-son Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” |
MJTKga avtotransport vositalari ishtirokidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalarni belgilash qismida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi |
Muddatsiz |
|
|
11 |
23.07.2020 yildagi PF-6033-son Farmon “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” |
Iste’mol va texnik etil spirti tashiladigan avtotransport real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan boʻlishi kerak |
Muddatsiz |
|
|
12 |
29.12.2020 yildagi 812-son VMQ “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat boʻylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
Karsheringga ruxsat berildi. Bunda avtotransport vositalari ularni ijaraga va prokatga berish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslarga tegishli boʻlishi, shuningdek keyinchalik jismoniy shaxslarga (uchinchi shaxslarga) avtotransport vositalarini ijaraga va prokatga berish xizmatlarini koʻrsatish uchun berilishi mumkin. 2021 yil 10 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga notarial rasmiylashtirmasdan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazmasdan avtotransportni jismoniy va yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatga ijaraga berish huquqi taqdim etildi |
Muddatsiz |
|
|
13 |
3.04.2021 yildagi PQ-5052-son qaror “Davlat organlari va korxonalarini yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
2021–2023 yillarda davlat organlari va korxonalari tomonidan yengil tijorat avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan xarid qilish koʻrsatkichlari tasdiqlandi |
Muddatsiz |
|
|
14 |
09.06.2021 yildagi 358-son VMQ “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” |
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
|
Muddatsiz |
- Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar qanday aniqlanadi;
- TMZ ustav fondiga hissa sifatida kelib tushganda uning tannarxi qanday aniqlanadi;
- Avtomobil boshqarish uchun ishonchnoma;
- Qachon ish beruvchi xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javob beradi;
- Mahalliy yetkazib beruvchidan sotib olingan asosiy vositani hisobga olish tartibi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi